“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an “Barselona”ga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, “ko‘k-anorranglilar” 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun ruxsat oldi.
Germaniyalik futbolchi “Manchester Siti”ni erkin agent sifatida tark etadi. Ilkay “Barselona” bilan “2+1” tizimida shartnoma imzolaydi.
Gundo‘g‘an 2022/23-yilgi mavsum APLda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta golga mualliflik qilgan. “Shaharliklar” bilan birga Angliya chempionligi, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)