“Arsenal” futbolchisi Bukayo Saka Turkiyadagi zilzilalar oqibatida jabrlangan 26 oilaga turar-joy masalasida yordam berdi.
Futbolchi BigShoe xayriya loyihasi tomonidan uyushtirilgan aksiyada ishtirok etib, Turkiya sharqidagi Adiyaman, Qahramonmarash va Malatyadagi oilalar uchun turar-joy pulini to‘lagan. Oilalar barcha sharoitlari bo‘lgan konteynerlarga joylashtiriladi.
“Yashash uchun uyi bo‘lgan har bir kishi o‘zini omadli deb hisoblashi mumkin. Falokat odamlarni barcha narsalaridan ayirdi, bu ularning aybi emas. Ularga yordam bera olish men uchun juda muhim”, — deydi “Arsenal” va Angliya terma jamoasi vingeri.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkiya va Suriyada kuchli zilzila yuz berdi. Turkiyaning 11 viloyatida 50,5 ming kishi halok bo‘ldi va 107,204 kishi jarohat oldi. Zilzila oqibatida “Hatayspor” klubi futbolchisi Kristian Atsu vafot etgandi.
Izoh (0)