• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda MIB xodimlari homilador ayolga kuch ishlatgani aytildi. MIBchilar esa holat aksi bo‘lganini bildirmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Shoira Ahmedova qornida homilasi bo‘lishiga qaramasdan MIB xodimlari unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, 350 ming so‘mlik qarzdorlik uchun unga tan jarohati yetkazganini, shaxsiy avtomobili qarzdorlik sabab tortib olinganini aytib, “Daryo”ga murojaat yo‘lladi.

    Foto: Shoira Ahmedova

    “20-iyun kuni Kitob tumani Majburiy ijro byurosidan menga telefon qilishib, 350 ming so‘m miqdorida qarzdorligingiz bor deyishdi. Shunda men hozir imkoniyatim yo‘q, payshanba kuni to‘lab beraman dedim. Shunda men bilan telefonda gaplashayotgan xodim sen muttahamsan dedi. Uning bu gapiga chidolmay, MIBga bordim. Borsam, o‘sha xodim uch nafar erkak bilan chiqib keldi. Ularning qo‘lida kamera ham bor edi. Shunda ular mening telefonimni, avtomobilim kalitini tortib olishdi. Uchta erkak homilador bo‘lishimga qaramasdan, urib, turtkilab, menga kuch ishlatdi”, — deydi “Daryo”ga bu haqda shikoyat qilgan ayol.

    Murojaatchining aytishicha, uning telefoni va avtomobili kaliti tortib olinib, o‘ziga nisbatan qo‘pol munosabat qilinganidan so‘ng, u MIB binosidan chiqib, boshqa birovning telefoni yordamida opasiga qo‘ng‘iroq qilgan.

    Foto: Shoira Ahmedova

    “Ko‘chaga chiqib, birovning telefonidan opamga telefon qildim. Opam MIB binosiga kelib, 350 ming so‘m miqdoridagi qarzimni ham to‘lab berdi. MIB xodimlari esa mening ruxsatimsiz Nexia-3 rusumli mashinamni haydab, MIB binosiga olib kirib qo‘ydi. MIB xodimlari menga so‘kinib, qo‘pol munosabatda bo‘lishdi va xohlagan joyingga shikoyat qil deyishdi”, — deydi murojaatchi.

    Shoira Ahmedovaning qo‘shimcha qilishicha, u o‘ziga nisbatan qilingan qo‘pol munosabat va tan jarohati olgani uchun, Qashqadaryo viloyat IIBning 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida xabar bergan. Shuningdek, MIBning viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan gaplashib, xodimlari ustidan shikoyat qilgan.

    “O‘sha kuni shifoxonaga joylashganimdan so‘ng, 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida aytib berdim. Lekin hech kim xabar olmadi”, — deydi u.

    Foto: Shoira Ahmedova

    Ayolning qo‘shimcha qilishicha, u ayni paytda ham shifoxonada qolib, davolanishni davom ettirmoqda.

    MIBning viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova “Daryo”ning murojaatchi davosi borasidagi savollariga javob berar ekan, holat aksincha bo‘lganini, qarzdor MIB xodimlariga tan jarohati yetkazganini aytdi.

    Shoira Ahmedova.
    Foto: Telegram

    “Joriy yilning 20-iyun kuni qarzdor Sh.Ahmedova qarzdorligini to‘lash o‘rniga Byuroning Kitob tuman bo‘limi binosiga kelib, katta janjal ko‘targan. Gap shundaki, Byuroning Kitob tumani bo‘limi ish yurituvida qarzdor Sh.Ahmedovadan ‘Variant retail finance’ MCHJ foydasiga 6 million 959 ming 436 so‘m, ‘Alif moliya’ MCHJ foydasiga 7 million 777 ming 877 so‘m qarzi hamda 600 ming so‘m miqdorida davlat bojini undirish haqida ijro hujjatlari bor. Qarzdor 2023-yilning 20-iyun kuni soat taxminan 16:23 lar atrofida bo‘lim davlat ijrochisi D.To‘xtayeva tomonidan Byuroning tuman bo‘limiga chaqirtirilgan. MIB xodimi qarzdorga bo‘lim ish yurituvidagi mavjud qarzdorliklarini berilgan ixtiyoriy muddatda to‘lamaganligi bois, boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini qarzdorlik evaziga xatlashini aytgan. Shu payt qarzdor to‘satdan davlat ijrochisiga tashlanib ushbu qarzdorliklarini to‘lamasligini bildirib, og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlab, uning o‘ng qo‘l va bo‘yin sohasiga shilinish ko‘rinishidagi tan jarohatlarini yetkazgan”, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova.

    Taʼkidlanishicha, bo‘limdagi boshqa davlat ijrochilari qarzdorni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtda qarzdor ularni ham har-xil og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlab, bo‘lim binosini tark etgan.

    “Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar, huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Kitob tuman prokuraturasiga yuborilgan. Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi”, — deydi masʼul.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    22.06.2023, 16:18   Izoh (0)   11402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi 

    22.06.2023, 16:15

    Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste’moli olti yilda 30 foizga o‘sgani ma’lum qilindi 

    22.06.2023, 16:07

    Nodir Jonuzoq Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri etib tayinlandi

    22.06.2023, 16:03

    Toshkent metrosidan foydalanuvchilar soni oshdi

    22.06.2023, 15:46

    Navoiyda davlatning 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ini talon-toroj qilgan mansabdor bo‘shatilgan lavozimiga qaytdi

    22.06.2023, 15:23

    “Mulkning 8 dan 1 qismi tegishi mumkin” — Pyotr Karimov va Tatyana Karimova o‘rtasidagi vorislik masalasida sud ishi haqida advokat tushuntirish berdi

    22.06.2023, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” keyinchalik Reshfordni sotib olmasa, jarima to‘laydi

    Sport | 22 iyul, 16:50

    AQSHdan Salvadorga deportatsiya qilingan migrantlar qiynoqqa solindi

    Dunyo | 22 iyul, 16:50

    Qatar afg‘onlarga 700 ta ish o‘rni ajratadi

    Dunyo | 22 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 700 so‘mdan oshdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 16:10

    Tojikiston Afg‘oniston fuqarolarini deportatsiya qiladi

    Tojikiston | 22 iyul, 16:00

    Zominda Xitoy kompaniyasi bilan xavfsizlik va tibbiyot texnikalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 15:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.