• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mulkning 8 dan 1 qismi tegishi mumkin” — Pyotr Karimov va Tatyana Karimova o‘rtasidagi vorislik masalasida sud ishi haqida advokat tushuntirish berdi

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida 26-iyun kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqiladi — da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov. Da’vo predmeti sifatida vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ko‘rsatilgan.

    “Daryo” muxbiri vorislik va Karimovlar o‘rtasidagi nizo taxminan qanday holatda ko‘rilishi yuzasidan advokat Bahodir Ahmedovdan intervyu oldi.

    “Mulkning 8 dan 1 qismi tegishi mumkin”

    Mahkamada Pyotr Karimov daʼvogar sifatida Tatyana Karimova esa javobgar sifatida ish ko‘rilmoqda. Daʼvo talabi vorislik masalasi. Xo‘p, vorislik o‘zi nima? Mazkur terminga Fuqarolik kodeksidan javob topish mumkin. Vorislik tabiat qonunidan kelib chiqib qilingan. Yaʼni bir mulkka hech qachon bitta odam abadiy egalik qilolmaydi. Har qanday odam baribir bir kun vafot etadi. O‘lim haq. Va uning mulki keyingi merosxo‘rlarga qoladi. Vorislikning ikki xil yo‘li bor. Vasiyat bilan va qonuniy vorislik. Vasiyat bo‘yicha bo‘ladigan bo‘lsa, bu endi tushunarli. Masalan, shaxs notarial tartibda vasiyatnoma rasmiylashtiradi. Mulkini kimgadir qoldiradi. Boshqa merosxo‘rlarni izoh bermagan holatda merosdan cheklashi ham mumkin. Eng qizig‘i, umuman birorta farzandi yoki qarindoshiga emas, yuridik shaxsga yoki davlatga qoldirishi ham mumkin. Bundan tashqari o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ham qoldirishi mumkin.

    Bahodir Ahmedov
    Foto: “Daryo”

    Karimovlar o‘rtasidagi nizo aynan nima ustida ketayotganini aniq bilmaymiz. Sud ishining ichiga kirganimiz yo‘q. Daʼvo talablari qanaqa, daʼvo arizasi nimalardan iborat va o‘zi nizo nimadan kelib chiqqani bizga nomaʼlum. Balki marhum prezident vasiyat qoldirgan va ana shu masala bo‘yicha kelishmovchilik kelib chiqqandir. Shuning uchun hammasini sud qarori chiqqanidan keyin bilishimiz mumkin.

    Aytaylik,shaxs vasiyat qoldirishga ulgurmadi. Keyin merosxo‘rlar o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Bunday paytda birinchi merosxo‘rlar nizoni o‘zaro hal qiladi. Agar kelishilmasa, keyin sud tartibida hal qilinadi.

    Fuqarolik kodeksining 1114-moddasida nazarda tutilgan “Umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkni meros qilib olish” holati bo‘lishi mumkin. Misol uchun, avval Tatyana Karimovaning mulki bo‘lgan deylik. Agar Islom Karimovning o‘zida mulk bo‘lmasa, Tatyana Karimovaning mulkining yarmi Islom Karimovga tegishli deganidir. Unga bo‘lgan meros huquqi farzandlarida bor.

    Tatyana Karimova va Islom Karimov
    Foto: Karimovlar oilasi arxividan

    Umumiy mulk Tatyana Karimovaning nomida turibdimi, Islom Karimovning nomida turibdimi — u Oila kodeksi bo‘yicha ikkalasidagi umumiy birgalikdagi mulk. Mabodo taraflardan qaysi biri vafot etsa, u mulkning teng yarmiga bo‘lgan huquq, masalan, er vafot etsa xotinda bor yoki xotin vafot etsa erda bo‘ladi. Endi bu bo‘yicha vorislik belgilanadigan bo‘lsa, aytaylik hozir marhum prezidentning biz bilgan uchta farzandi bor. Uchta bo‘ladigan bo‘lsa, umumiy mulk deb topiladi. Pyotr Karimovga o‘sha mulkning 8 dan 1 qismi tegishi mumkin. 8 dan 5 xotinining huquqi hisoblanadi.

    Demak, yuqorida zikr etilgan mulkka egalik qiluvchilar “Birinchi navbatdagi vorislik” deyiladi. Birinchi navbatdagi vorislikka kimlar kiradi — farzandlar, ota-onasi va er yoki xotin. Masalan, uchta farzand bittadan oladigan bo‘lsa, ayoli ham bitta ulushni oladi.

    Endi merosxo‘rlar kimlar, degan savol ham bo‘lishi mumkin. Merosxo‘rlar farzandlar va hattoki marhum vafot etgan paytda homila shaklida bo‘lgan farzand bo‘ladigan bo‘lsa va keyinchalik u tirik tug‘iladigan bo‘lsa unda ham mazkur huquq bo‘ladi.

    Pyotr Karimov
    Foto: Google Images

    Meros degani majburiy tarzda “olasan shuni”, degani emas. Ixtiyoriy tartibda olinadi. Kerak bo‘lsa kimningdir foydasiga mulkdan voz kechishi mumkin. Masalan, “Mening mulkimni ham akam yoki opam olsin menga kerak emas”, deyishi ham mumkin.

    Pyotr Karimov Islom Karimovning tarjimayi holida kelganmi yo‘qmi bilmadim. Ammo boshqa hujjatlarda kelgan bo‘lsa, masalan, FHDYOdagi hujjatlarida yoki umuman shunga o‘xshash masalalardagi hujjatlarda o‘g‘li sifatida belgilanganmi, ota o‘g‘il munosabatlari bormi, tamom. Uning ham boshqa farzandlar qatori bir xil meros olish huquqi va boshqa huquqlari bor.

    Sud jarayoni paytida boshqa merosxo‘rlar ham chaqirilishi ehtimoli mavjud. Yuqorida aytilganidek, qaysidir merosxo‘r ulushidan ixtiyoriy voz kechib yuborishi ham mumkin. Balki ish kelishuv bilan tugar yoki mediatsiya qilinishi ham mumkin. Oilaviy masalalarda ko‘proq mediatsiya foydali bo‘ladi. Hozirga qadar bitta sud majlisi bo‘lgan. Biz buni hali ko‘rganimiz yo‘q. Balki birinchi sud majlisida shuni, yaʼni kelishuv taklif qilinib, ish qoldirilgan bo‘lishi mumkin.

    Yana bir muhim jihati shuki, agar sud O‘zbekistonda ko‘rilyaptimi, demak nizo O‘zbekistondagi mulklar bo‘yicha ketyapti. Agar kelishmovchilik chet eldagi mulklar xususida bo‘ladigan bo‘lsa, ular o‘sha yerdagi sud tizimiga tegishli bo‘lib, o‘sha davlatda ko‘rib chiqiladi. Ko‘chmas mulklar qaysi davlatda bo‘lsa, o‘sha davlatning sudloviga tegishli hisoblanadi. Agar nizo banklarga qo‘yilgan pullar masalasida bo‘ladigan bo‘lsa, bu bizning sudlovimizga tegishli bo‘lishi mumkin.

    • Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning Krasnogorsk shahrida xotinini kaltaklaganlikda gumonlanib, ushlangan Pyotr Karimov meros bo‘yicha sudda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelmoqchiligi aytilgan edi.

    22.06.2023, 14:59   Izoh (0)   35029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi” — Shavkat Mirziyoyev

    22.06.2023, 14:45

    O‘zbekistonning qator hududlarida 23-iyun kuni chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

    22.06.2023, 14:41

    Termizda 22-iyun kuni havoning ifloslanish darajasi oshib ketdi

    22.06.2023, 13:59

    Spark Rossiyada sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. UzAvtoMotors bunga munosabat bildirdi

    22.06.2023, 13:34

    “Kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiylar maoshi 2030-yilga qadar yana 2 karra oshiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

    22.06.2023, 13:29

    Senat ma’muriy jarima miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lmasligi belgilangan qonunni ma’qulladi

    22.06.2023, 13:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.