Dasturchi Alessandro Paluzzi smartfonlar uchun Twitter ilovasi kodida qiziq holatni aniqladi.
Uning fikricha, platforma ma’muriyati Twitter Blue’ga pulli obuna bo‘lmagan foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘diruvchi yangi cheklovni joriy etmoqchi.
Cheklov Twitter’dagi shaxsiy xabarlar uchun amal qiladi. Hozirda pulli obunaga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar kuniga 500 tagacha shaxsiy xabar yuborishlari mumkin. Kelajakda, Paluzzi so‘zlariga ko‘ra, Twitter bu cheklovni 50-100 ta xabargacha kamaytirmoqchi.
Paluzzi yangi funksiya haqida xabar beruvchi bildirishnomaning skrinshotini olishga muvaffaq bo‘ldi. Qalqib chiquvchi oynada ikkita javob varianti mavjud: "Obuna bo‘ling” (shaxsiy xabarlarni yuborishni davom ettirish uchun) va "Yo‘q, rahmat"
Twitter qachon yangi cheklov joriy qilishi mumkinligi haqida xabar berilmagan.
Izoh (0)