13-iyun kuni ertalab Nottingemda 31 yoshli erkak uch kishini pichoqlab o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olindi, deya xabar beradi mahalliy politsiya.
Taxminan ertalab soat 4 da politsiya Ilkeston Roud ko‘chasiga chaqiruv bo‘yicha keldi, u yerda ko‘chada ikki kishi o‘lik holda topilgan.
Shuningdek, Milton ko‘chasidan yana bir chaqiruv bo‘lgan, u yerda mikroavtobus uch kishini urib yuborgan. Hozir bu jabrlanuvchilar shifoxonada.
Keyin yaqin atrofdagi ko‘chada yana bir o‘ldirilgan odamning jasadi topildi.
“Biz uchala voqea ham bir-biriga bog‘liq deb hisoblaymiz. Bir kishi hibsda. Tergov dastlabki bosqichda, bir guruh detektivlar aynan nima sodir bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqda”, — dedi Nottingemshir boshlig‘i konstebl Keyt Meynell.
Izoh (0)