Florida shtatining Orlando shahrida yashovchi Altoviz Morris ismli ayol ikki oy ketma-ket ikki marta lotereyada 1 million dollar yutib oldi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
Altoviz birinchi g‘alabasini 2022-yilning noyabr oyida qo‘lga kiritgan edi. U 500X The Cash o‘yinining lotereya chiptasiga 50 dollar sarflagan.
“Men qaytaman” — deya hazil qildi ayol sovrinni olayotganda.
U yanvar oyida yana Floridadagi lotereya ofisiga ikkinchi yutuqni olgani keldi. Birinchi sovrinini orzusidagi uyni olishga sarflagan ayol hali ham bu voqealarga ishona olmayotganini aytgan.
Insider bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 500X The Cash o‘yinini ikki marta o‘ynab, 1 million dollar yutib olish ehtimoli 71,6 milliarddan 1 yoki taxminan 0,00000000001395 foizni tashkil qiladi.
Izoh (0)