Neshvillik (AQSHning Tennisi shtatida joylashgan joy nomi) 57 yoshli Kevin Maginnis tajriba o‘tkazdi. U 100 kun davomida har kuni McDonald’sda ovqatlanib, 27 kg vazn yo‘qotdi.
Maginnis yakunda umumiy 27 kilogrammga ozganini, tajribaning boshida uning vazni taxminan 108 kg bo‘lganini ta’kidlagan.
U tajriba jarayonidagi o‘zgarishlarni hujjatga qayd etib borgan, shuningdek, bu jarayonlar aks etgan videoni TikTok va YouTube’ga joylashtirgan. Fast-fudli parhezning bir qismi sifatida u kuniga uch marta faqat McDonald’s taomlarini iste’mol qilgan va vaqt o‘tishi bilan ovqat miqdorini kamaytirib borgan. Bundan tashqari, u faqat suv ichgan va gazaklarni tatib ko‘rmagan.
Maginnisning tajribasi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqalgach, u tajribani boshlashdan oldin va keyin qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani aks etgan suratlarni taqdim etdi. Maginnisning so‘zlariga ko‘ra, u tajribadan so‘ng o‘zini ajoyib his qilmoqda.
Kevinning aytishicha, u umuman kaloriyalarni hisoblamagan va McDonald’s menyusidan o‘zi istagan hamma narsani, masalan Big Maki, fri, shirinlik va boshqa yeguliklarni iste’mol qilgan.
Shuningdek, Maginnis ahvoli boshqa ko‘rsatkichlarda ham yaxshilanganini ta’kidladi. Masalan, undagi triglitseridlar darajasi 205, xolesterin darajasi esa 65 ballga kamaygan.
Kevin McDonald’s bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi va kompaniya unga bu tajriba uchun pul to‘lamagan. Maginnisning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi ushbu fast-fud tarmog‘ini tanlagan, chunki uni har doim Big Mak deb chaqirishgan.