AQSH prokuraturasida sobiq prezident Donald Trampning Oq uydan olgan Pentagon maxfiy hujjati muhokamasi aks etgan audioyozuv mavjud, deb xabar bermoqda CNN o‘z manbalariga tayanib.
Federal prokurorlar 2021-yilning yozida sobiq prezident Donald Tramp Eronga ehtimoliy hujum haqida Pentagonning maxfiy hujjati borligini tan olgan uchrashuvning audioyozuvini qo‘lga kiritdi.
Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, hujjat AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Mark Millidan olingan.
Ayni paytda, CNN manbalari Tramp nazarda tutayotgan hujjat Milli tomonidan tayyorlanmaganini qayd etdi.
O‘z navbatida, Tramp saylovoldi shtab-kvartirasi vakilining ta’kidlashicha, “sizib chiqayotgan ma’lumotlar” sobiq prezidentga nisbatan “ishonchsizlikni oshirish” uchun mo‘ljallangan.
2022-yil avgust oyida FQB xodimlari Trampning Floridadagi mulkini tintuv qilishdi. Bir qator ommaviy axborot vositalarining yozishicha, tintuv Trampning lavozimidan ketganidan keyin Mar-a-Lagoda saqlagan Oq uy hujjatlarini noqonuniy o‘zlashtirgani haqidagi tergov bilan bog‘liq. FQB agentlari tomonidan Tramp qarorgohida topilgan hujjatlar ro‘yxatiga, jumladan, “o‘ta maxfiy” va “maxfiy” deb qayd qilingan hujjatlar ham kiritilgan.
Izoh (0)