Braziliya politsiyasi sobiq siyosatchi va cherkov ruhoniysi Jozue Bengtson foydalangan samolyotda 290 kg marixuana borligini aniqladi.
Xabar qilinishicha, samolyot mahalliy protestant cherkoviga tegishli bo‘lib, mazkur samolyotdan sobiq deputat va ruhoniy Jozue Bengtson muntazam ravishda foydalangan. U To‘rt tomonlama Injil cherkovi deb ataladigan mahalliy jamoatga rahbarlik ham qilgan.
Politsiya voqea joyidan qochishga uringan erkakni hibsga olgani ma’lum qilinmoqda. Ammo hozircha uning shaxsiga oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)