Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, G‘arb davlatlari mamlakatda hokimiyat o‘zgarishi uchun kuchli ssenariy tayyorlamoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “noqonuniy qurolli guruhlar a’zolari” Polsha, Litva va Ukrainada o‘qitilmoqda, Belarusda esa “pinhona ekstremistik guruhlarni yaratishga urinishlar” amalga oshirilmoqda.
“Belarusga kelsak, Polsha, Litvada va afsuski, Ukrainada noqonuniy qurolli guruhlar a’zolari tayyorlanayotganini, to‘g‘ridan to‘g‘ri mamlakatda pinhona ekstremistik guruhlarni yaratishga urinishayotganini ta’kidlashim mumkin. Oxirgi dalillar buni tasdiqlaydi.
...Ya’ni bizda hokimiyatni almashtirish uchun kuchli ssenariy tayyorlanmoqda. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi Lukashenko Minskda bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 52-yig‘ilishida.
Izoh (0)