Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,67 so‘mga pastlab, 11 400,17 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,10 so‘mga tushib, 12 170,82 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,85 so‘mga ko‘tarilib, 141,89 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi tushib, 11 405,84 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl ham pastlagandi.
Izoh (0)