Toshkentning Bektemir tumanida Cobalt uch nafar piyodani urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 28-may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasida haydovchi (1996-yilda tug‘ilgan) Sh.M. Cobalt boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan “Vaz-2105”ga borib urilgan, so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda ikki nafar piyoda (2000-yilda tug‘ilgan S.Yu. va 2001-yilda tug‘ilgan A.K.) va Cobalt haydovchisi tan jarohati olgani sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq piyodalardan yana biri — 1997-yilda tug‘ilgan A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)