AQSH Maxfiy xizmati davlat rahbari Jo Baydenning uyini o‘q o‘tkazmaydigan qilish ustida ishlayapti. Bu haqda Bayden o‘zining boshqa bir qarorgohi joylashgan Kemp-Devidga (Merilend shtati) uchishidan oldin jurnalistlarga aytdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.
“Kemp Devidga borishimning sababi shundaki, Maxfiy xizmatlar hozir mening uyimda ishlamoqda va uyni o‘q o‘tkazmaydigan qilib himoyalamoqda. Shuning uchun uyga bormayapman. Ular besh haftacha qayta olmasligimni aytishdi”, — dedi AQSH prezidenti.
Bayden qaysi uyi haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi. U Kemp-Devidga ketayotganiga sabab nabirasi 28-may kuni o‘qishni tamomlashi va bitiruv marosimiga eng yaqin joy o‘sha yer ekanini qo‘shimcha qildi.
AQSH Maxfiy xizmati davlatning birinchi darajali shaxslari va ularning oila a’zolarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
Amerika prezidentining bir nechta rezidensiyalari bor, lekin asosiysi Uilmingtonda (Delaver shtati) joylashgan, deb yozadi Politico. Aprel oyida davlat rahbari jurnalistlarga maxfiy xizmat xodimlari u yerda o‘q o‘tkazmaydigan oynalar o‘rnatayotganini aytgandi.
Delaver — Bayden tug‘ilgan shtat. Prezident va rafiqasining u yerda ikkita uyi bor — Uilmington va Rexobot-Bichda, deb yozadi Newsweek.
Izoh (0)