• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Chempionlar Ligasida Milan klublari to‘qnashuvi. “Inter” va “Milan” final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

    Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida “Inter” va “Milan” jamoalari 16-may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keladi. 

    Foto: Getty Images

    Dastlabki uchrashuvda “nerazzuri” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvning 8-daqiqasida Edin Jeko, 11-daqiqasida Genrix Mxitaryan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygandi. 

    Jamoalar holati

    “Milan” muvaffaqiyatsizlikka yaqin. Klub A Seriyaning so‘nggi 11 turidan 8 tasida g‘alaba qozona olmadi. 13-may kuni xavfli zonada turgan “Spetsiya”ga (0:2) mag‘lub bo‘ldi. Amaldagi Italiya chempioni 2022/23-yilgi mavsum kuchli to‘rtlikka ham kirishi shubha ostida qolmoqda. Yozda jamoa islohotlarni amalga oshirishi kutilmoqda, hatto, Paolo Maldini ham o‘z postini tark etishi mumkin.

    Aprel oyi o‘rtalarida “Inter” tushkun kayfiyatda edi. Liganing so‘nggi 5 turida faqat bir ochko jamg‘ara olgan. Bosh murabbiy Simone Inzagi sha’niga tanqidlar yog‘ilardi. Chempionlar Ligasi chorak finalidagi muvaffaqiyatsizlik uning iste’fosiga sabab bo‘lardi. Biroq “Benfika” musobaqadan chiqarib yuborildi. Shundan keyin “nerazzuri”ni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. Barcha musobaqalardagi ketma-ket yettita g‘alaba va 21:3 to‘plar nisbati. A Seriyada uchinchi o‘ringa qadar ko‘tarildi.

    Foto: Getty Images

    Jamoalarning so‘nggi o‘yinlari

    “Inter”

    • 30.04.2023. “Inter” — “Latsio” 3:1 (A Seriya)
    • 03.05.2023. “Verona” — “Inter” 0:6 (A Seriya)
    • 06.05.2023. “Roma” — “Inter” 0:2 (A Seriya)
    • 10.05.2023. “Milan” — “Inter” 0:2 (Chempionlar Ligasi)
    • 13.05.2023. “Inter” — “Sassuolo” 4:2 (A Seriya)

    “Milan”

    • 29.04.2023. “Roma” — “Milan” 1:1 (A Seriya)
    • 03.05.2023. “Milan” — “Kremoneze” 1:1 (A Seriya)
    • 06.05.2023. “Milan” — “Latsio” 2:0 (A Seriya)
    • 10.05.2023. “Milan” — “Inter” 0:2 (Chempionlar Ligasi)
    • 13.05.2023. “Spetsiya” — “Milan” 2:0 (A Seriya).
    Foto: Getty Images

    Statistika

    • “Milan” “Inter”ga qarshi so‘nggi 9 ta o‘yinning 8 tasida birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubormoqda. 8 ta o‘yinning 3 tasida “rossoneri” mag‘lubiyatga uchramagan — ikkita g‘alaba va bitta durang. Qolgan 5 ta o‘yinda gol ura olmasdan mag‘lub bo‘ldi. 
    • Kubok bahslaridagi o‘zaro o‘yinlarda ustunlik “Milan” tomonda — 13:11. Kubok pley-offlarida keyingi bosqichga chiqish bo‘yicha ham “rossoneri” oldinda — 8:5. 
    • “Inter” joriy mavsum “Milan” ustidan barcha musobaqalarda 3 marta g‘alaba qozondi. “Nerazzuri” 1994/95-yilgi mavsumdan buyon ilk bor bu vazifani uddaladi. 
    • “Inter” 2022/23-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi pley-off bahslarida mag‘lubiyatga uchramadi. 5 ta o‘yinning 4 tasini “quruq” o‘tkazdi. Italiya jamoalari ichida faqatgina “Yuventus” 1/8, 1/4 va 1/2 finallarda mag‘lubiyatga uchramasdan finalga qadar yetib borgan. 
    • Simone Inzagi “Inter” boshqaruvida Kubokdagi qarama-qarshiliklarning 12 tasidan faqat bittasida mag‘lub bo‘lgan (2021/22-yilgi mavsum YCHL 1/8 finalida “Liverpul”ga). Italiya Kubogining 7 ta o‘yinidan barchasida g‘alaba qozongan, 2 marta Italiya Superkubogida zafar quchgan, shuningdek, joriy mavsum Chempionlar Ligasida 2 ta raqibni dog‘da qoldirdi.
    • “Milan” YCHL pley-offlarining so‘nggi 16 tasidan faqat bittasida — 2007-yil “Bavariya”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan (8 ta durang, 7 ta mag‘lubiyat).
    • “Milan” Yevrokuboklar tarixida bir marta dastlabki uchrashuvdagi ikki yoki undan ko‘p gol farqini yo‘qqa chiqara olgan. “Rossoneri” 1985/86-yilgi mavsum UEFA Kubogida Fransiyaning “Oser” klubiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Javob o‘yinida esa 3:0 hisobida zafar quchgan.

    Murabbiylarning o‘yin oldidan fikrlari

    Simone Inzagi (“Inter”)

    Foto: Getty Images

    “Inter” hisobni saqlab qolish uchun himoyaga yotib olmaydi. Ha, o‘yinning ba’zi vaqtlarida himoyalanishga majburmiz. Lekin butun o‘yin davomida emas. 

    Do‘stlarim o‘yin hakami fransuz ekani (Kleman Tyurpen) va raqib jamoa safida 4 nafar fransuz to‘p surishiga ishora qildi. Biroq bu bizga muammo emas.

    Stefano Pioli (“Milan”)

    Foto: Getty Images

    Birinchi o‘yindan farqli ravishda maydonda yaxshiroq harakat qilib, g‘alabaga intilmoqchimiz. Bunday o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish oson emas, lekin maqsadimiz sari harakat qilamiz.

    Standart vaziyatlarda ehtiyotkorroq bo‘lishimiz lozim, bu raqibning ustun tomoni. Undan tashqari o‘zimiz ham imkoniyatlardan foydalanib qolishimiz kerak. Birinchi o‘yinda xato qildik, endi bunga haqqimiz yo‘q.


    “Inter” va “Milan” o‘rtasidagi bahs O‘zbekiston vaqti bilan 16-maydan 17-mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

    16.05.2023, 18:12   Izoh (0)   5881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    52 medal, umumiy reytingdagi 8-o‘rin. O‘zbekiston boks terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi ishtiroki raqamlarda

    16.05.2023, 15:44

    U-23 Osiyo Kubogi saralash o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    16.05.2023, 13:54

    Ichimlik tarqatayotgan Xavi va 76 ming muxlis. “Barselona”ning chempionlik paradi bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)

    16.05.2023, 11:27

    Superliga. “Nasaf” kambek evaziga g‘alabani ilib ketdi, “Neftchi” o‘zida “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi 

    15.05.2023, 21:08

    “Barselona” chempion bo‘ldi, lekin “Real” hamon oldinda. Jamoalarning sovrinlar jamg‘arish poygasi davom etadi

    15.05.2023, 20:05

    Dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta medalga ega chiqdi

    15.05.2023, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.