AQSHning Virjiniya shtatidagi Davlat tadqiqot universiteti mutaxassislari Yer xaritasi o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda ular olib borgan tadqiqotga tayanib, Science Alert xabar berdi.
Olimlarning fikricha, bunga tez-tez va intensiv sodir bo‘layotgan havo haroratining keskin ko‘tarilishi, qurg‘oqchilik, suv toshqini va bo‘ronlar sabab bo‘ladi. 2100-yilgacha Yerning ko‘rinishi modellashtirgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, harorat va yog‘ingarchilikning bosqichma-bosqich o‘zgarishi mahalliy iqlimga ta’sir o‘tkazadi va bu Yer xaritasini qayta chizishga olib keladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar insoniyat yaqin kelajakda zararli chiqindilarni kamaytirish choralarini ko‘rmasa, global isish sur’ati tezlashishda davom etadi. Bunda oziq-ovqat ishlab chiqarish birinchi bo‘lib xavf ostida qoladi va dunyo aholisining aksariyati chivinlar tashiydigan kasalliklardan aziyat cheka boshlaydi.
Olimlarning fikricha, ayni paytda qutb zonasidagi muzliklarning erishi hisobiga jahon okeani sathining ko‘tarilishi davom etmoqda, bu esa dunyoda aholi yashaydigan yerlar maydonining qisqarishiga olib keladi.
Izoh (0)