Moskvada mudofaa vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari va Havo-desant kuchlari qo‘mondoni Aleksandr Kolmakovning rafiqasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Baza xabar berdi.
General xotinining g‘oyib bo‘lgani 10-may kuni ma’lum bo‘lgan. Kolmakov ishdan qaytganida rafiqasi uyda bo‘lmagan. Ertalab ayol ishga ketgan va qaytib kelmagan.
O‘sha kuni kechqurun noma‘lum shaxs generalga qo‘ng‘iroq qilgan va uning xotinini o‘g‘irlab ketganini aytgan. O‘g‘ri Kolmakovdan uch million rubl (38 970 dollar) talab qilgan. General holat bo‘yicha politsiyaga murojaat qilgan.
“TASS” ma’lumotiga ko‘ra, 12-may kuni Kolmakovning rafiqasi topilgan, ayolning hayoti xavf ostida emas. Voqea sabablari esa o‘rganilmoqda.
Izoh (0)