Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,02 so‘mga oshib, 11 453,07 so‘mni tashkil qildi. Yevro 69,53 so‘mga pastlab, 12 549,13 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,99 so‘mga ko‘tarilib, 150,09 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 11 433,05 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)