Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8.99 so‘mga ko‘tarilib, 11 433,05 so‘mni tashkil qildi. Yevro 21.35 so‘mga oshib, 12 618,66 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,63 so‘mga tushib, 148,10 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 11 424,06 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham tushib, rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)