O‘zbekiston maktablarida ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni so‘nggi 5 yilda qariyb 28 ming nafarga oshdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 159,9 ming nafarini yoki jami pedagoglarning 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.
2022/2023-o‘quv yilida 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga ko‘paygan. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida maktablarda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni ko‘p.
Hududlar kesimida umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9,9 ming nafar;
- Andijon viloyati — 10,4 ming nafar;
- Buxoro viloyati — 7 ming nafar;
- Jizzax viloyati — 11 ming nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 22,9 ming nafar;
- Navoiy viloyati — 5,3 ming nafar;
- Namangan viloyati — 11 ming nafar;
- Samarqand viloyati — 23,1 ming nafar;
- Surxondaryo viloyati — 19,7 ming nafar;
- Sirdaryo viloyati — 4,8 ming nafar;
- Toshkent viloyati — 9,8 ming nafar;
- Farg‘ona viloyati — 13,3 ming nafar;
- Xorazm viloyati — 7,9 ming nafar;
- Toshkent shahri — 3,8 ming nafar.
Izoh (0)