• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan uchrashdi

    Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi ushbu mamlakat Federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralardan boshlandi. Uchrashuv avvalida davlat rahbari Germaniya kansleriga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston Germaniyani o‘zining ishonchli va strategik hamkori sifatida qabul qilishi, mamlakatlarimizni chuqur tarixiy ildizlar bog‘lab turgani qayd etildi. Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib bormoqda.

    O‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar ortgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6 yilda jalb qilingan.

    Tashrif doirasida o‘tgan qo‘shma biznes-forum yuksak baholandi. Uning yakunida umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    “Yashil” energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmasevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari shular jumlasidan.

    Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash “KfW”, “Deutsche Bank” banklari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Germaniya hukumati O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imkon qadar tez imzolashini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

    Siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar tashrif chog‘ida Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida Hukumatlararo deklaratsiya imzolanishini olqishladi.

    Olaf Shols O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratish, integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha yangi mintaqaviy siyosatini qo‘llab-quvvatladi.

    Germaniya—Markaziy Osiyo formatida muloqot maydonini ishga tushirishga ahdlashib olindi. Mintaqada, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

    Ushbu mamlakat uchun gumanitar loyihalarni davom ettirish, shu jumladan Termizdagi logistika majmuasi va Afg‘on yoshlari uchun ta’lim markazi imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Transport va logistikani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishni shakllantirishga xizmat qiluvchi Transkaspiy yo‘lagini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirdilar.

    Madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibi boy ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Germaniya tomoni shu kunlarda Berlin shahrida O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlab ochilayotgan noyob ko‘rgazmani yuqori baholadi.

    O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Germaniya hukumati mamlakatimiz hududlarida nemis tilini o‘qitishni kengaytirishga texnik ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida kelishib olindi.

    Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi. Uchrashuv yakunida davlat rahbari Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

    03.05.2023, 00:38   Izoh (0)   8634
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nemis kompaniyalari bilan o‘zbekistonlik talabalarni o‘qishga jo‘natish yuzasidan kelishuvlarga erishdik” — Aziz Voitov 

    03.05.2023, 00:35

    “Germaniyaning moliya institutlari va kompaniyalari ”yashil energetika“ bo‘yicha gapirishdi” — energetika vaziri Germaniyaning “Siemens energy” kompaniyasi bilan k...

    03.05.2023, 00:16

    Ohangaronda noqonuniy baliq ovlaganlar yarim mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

    02.05.2023, 21:30

    Farg‘onada o‘qituvchi ayol o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklandi (video) 

    02.05.2023, 21:00

    Qashqadaryoda qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar qurol sotayotgan shaxs ushlandi

    02.05.2023, 20:45

    “Voqeaning avtobus sifatsizligiga umuman aloqasi yo‘q” — Anvar Jo‘rayev Toshkentda avtobus tomidagi qoplama nega qo‘porilib tushganiga izoh berdi

    02.05.2023, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.