Sudanda xavfli kasalliklar namunalari saqlangan biologik laboratoriya jangarilar tomonidan egallab olindi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) mamlakatdagi vakili Nima Said Obid xabar berdi.
Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, Sudandagi harbiy bazaga aylantirilgan biologik laboratoriyada poliomielit, vabo va qizamiq namunalari bor. Biologik laboratoriya direktori mojaro taraflaridan biri laboratoriyani harbiy bazaga aylantirganini aytgan.
“Sog‘liqni saqlash tizimining markaziy laboratoriyasini egallab olish bilan bog‘liq katta biologik xavf mavjud”, — deydi JSST vakili Nima Said Obid.
Sudanda 15-apreldan beri Muhammad Hamdan Daglo qo‘mondonligidagi Tezkor harakat kuchlari (RRF) va armiya o‘rtasida janglar davom etmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziriga ko‘ra, to‘qnashuvlar qurbonlari soni 600 nafarga yetgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qurolli mojarolar davomida 459 kishi halok bo‘lgani, 4072 kishi jarohatlanganini aytmoqda. Sudan shifokorlari kasaba uyushmasiga ko‘ra, to‘qnashuvlar boshlanganidan beri 256 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)