O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 21-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
Shuningdek, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘llagan edi.
Izoh (0)