• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirishga yordam beradi

    Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasini maʼqulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Jahon banki mazkur loyihani amalga oshirish uchun texnik ko‘mak, ilg‘or xalqaro bilimlar va tajriba hamda 240 million dollar miqdorida moliyalashtirish taqdim etadi. Moliyalashtirish Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 150 million dollarlik imtiyozli kreditini (so‘ndirish muddati 30 yil bo‘lib, shundan besh yili imtiyozli davr) hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 90 million dollarlik past foizli qarzini o‘z ichiga oladi (so‘ndirish muddati 24,5 yil bo‘lib, shundan 4,5 yili imtiyozli davr). Ushbu banklar Jahon banki guruhi tarkibiga kiradi.

    “Chorvachilik milliy iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biridir. Uning hisobiga O‘zbekiston YIMining 13 foizi, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan YIMning qariyb 50 foizi to‘g‘ri keladi. Ushbu soha qishloqdagi uy xo‘jaliklari daromadlarining 45 foizdan 67 foizgacha bo‘lgan qismini taʼminlaydi va barcha qishloq xo‘jaligi mehnatkashlarining qariyb 27 foizini ish bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, chorvachilik mamlakatdagi barcha issiqxona gazlari emissiyasining 13 foizdan ortiq qismining va qishloq xo‘jaligi chiqindilari katta qismining manbai hisoblanadi”.

    Qayd etilishicha, o‘tgan o‘ttiz yilda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish ko‘paygan. Biroq misol uchun, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan solishtirganda sohada mahsuldorlik hali ham pastligicha qolmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar hali ham chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondira olmayapti. Prognozlarga ko‘ra, 2035-yilga borib, agar keyingi o‘zgarishlar yuz bermasa, mamlakatda sut va go‘sht yetishtirish ichki ehtiyojning mos ravishda atigi 59 va 52 foizini qondiradi.

    O‘zbekistonda kichik fermerlar (dehqonlar) soni qariyb 4,8 million kishini tashkil etadi. Dehqon xo‘jaliklarida chorvachilikning mahsuldorligi fermer xo‘jaliklari va agrofirmalarga qaraganda ancha past. Sigirlarning sut mahsuldorligi dehqon xo‘jaliklarida kuniga o‘rtacha 3 litr, fermer xo‘jaliklarida 8 litr, agrofirmalarda 20 litr. Zamonaviy ishlab chiqarish vositalari, axborot, texnologiyalar va moliyadan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash dehqon xo‘jaliklarining ishlab chiqarish unumdorligini oshirish imkonini beradi.

    “Yangi loyiha hukumatga 2022—2026-yillarda O‘zbekistonda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga yordam beradi. Bu, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, mahsuldorlik va daromadlarni oshirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bozor, texnologiyalar va moliyadan foydalanish imkoniyatini yaxshilash, chorvachilik sohasida ekologik va iqlim o‘zgarishlariga chidamli ishlab chiqarish — sotish zanjirlarini yaratish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan”, — deydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha, shuningdek, yuqumli kasalliklar oldini olish, aniqlash, ularga javob choralarini ko‘rish va davolash maqsadida inson, hayvonot dunyosi va ekotizim salomatligi o‘rtasidagi munosabatlarni hisobga oladigan “Yagona salomatlik” konsepsiyasining mamlakatda keng joriy etilishiga xizmat qiladi.

    Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun loyiha quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga ko‘mak beradi:

    1) Chorvachilik sohasida davlat xizmatlarini rivojlantirishga investitsiyalar. Ushbu yo‘nalish doirasidagi loyiha tadbirlari mahsuldorlikni, raqobatbardoshlikni, inklyuzivlikni (ayniqsa, dehqonlar va ayollar o‘rtasida) va iqlim o‘zgarishiga barqarorlikni oshirish uchun mahalliy chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga qulay muhit yaratish maqsadida tegishli davlat institutlari faoliyati va qonun hujjatlarini yaxshilashni o‘z ichiga oladi.

    Loyiha O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining boshqaruv salohiyatini oshirishga, shuningdek, uning chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlari sifatini oshirishga imkon beradi. Xususan, milliy veterinariya axborot tizimini yaratish, laboratoriya infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashadi.

    Loyiha butun mamlakat bo‘ylab chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga turli xizmatlar, jumladan, veterinariya xizmatlari, chorva mollari zotini yaxshilash, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish bo‘yicha chorvachilik sohasidagi axborot-maslahat markazlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

    Loyiha, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab chorvachilik sohasidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga jalb qilingan davlat muassasalari salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Xususan, mazkur muassasa xodimlarining malakasini oshirish, infratuzilmasini yaxshilash tadbirlari amalga oshiriladi.

    2) Bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar, hamda, chorvachilik mahsulotlarini sotish bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish. Mazkur yo‘nalish doirasidagi loyiha faoliyati chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning sotish bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi bozorlar va ishlab chiqarish obyektlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilishni o‘z ichiga oladi.

    Loyiha aholi salomatligini muhofaza qilish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xorijdan jonivorlar va chorvachilik mahsulotlari olib kirilishi ustidan nazoratni yaxshilashga ko‘maklashadi.

    Shuningdek, jonivorlarning kelib chiqishini identifikatsiya qilish, sertifikatlash va aniqlashning milliy tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.

    3) Chorvachilik sohasida ekologik va iqlim o‘zgarishiga chidamli ishlab chiqarish — sotish zanjirlarini rivojlantirishga investitsiyalar. Mazkur yo‘nalishdagi loyiha faoliyati chorvachilik ishlab chiqaruvchilarining moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Xususan, vakolatli mahalliy tijorat banklari ularga soddalashtirilgan tartibda kreditlar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular chorvachilik sohasida ekologik biznesini rivojlantirishga, korxonalar mahsuldorligini oshirishga va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatuvchi texnologiyalarni sotib olishga investitsiya qilinishi mumkin. Texnologiyalar chorvachilik ishlab chiqaruvchilariga issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, o‘zlarining ishlab chiqarish jarayonlari doirasida tabiiy va energiya resurslaridan samaraliroq foydalanish imkonini beradi.

    21.04.2023, 15:30   Izoh (0)   6549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon banki O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘iga 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi

    03.10.2022, 13:40

    Nukusda 3 nafar xodimning 50 mln so‘m ish haqi undirib berildi

    21.04.2023, 15:00

    Namanganda 3 kishini xorijga fohishalik uchun yuborishga uringan ayol qo‘lga olindi

    21.04.2023, 14:50

    Xitoy kompaniyasi Sirdaryoda genetik markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yadi

    21.04.2023, 14:20

    O‘zbekistonda zargarlar, dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi

    21.04.2023, 12:35

    Namanganda fermer xo‘jaligiga tegishli 35 sotixli uzumzorni sotishga uringanlar qo‘lga olindi

    21.04.2023, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.