Bugun, 14-aprel kuni Toshkent viloyatining Olmaliq tumani, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Qalmoqqir” konida “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Tadbirda kon xodimlari, sanʼat va madaniyat vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiquvchilar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha fikrlarini bildirishdi. 30-aprel kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiya uchun referendum o‘tkaziladi. Mazkur jarayonlarda ham faol bo‘lish yuzasidan fikrlar bildirildi.
“Daryo” ushbu tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (1)
Olmaliq tumanmas shahar