Buxoro shahrida 1-aprel kuni 900 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat 1-aprel kuni soat 18:00 larda Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish doirasidagi “Oriyat” tadbiri davomida aniqlangan.
Vobkent tumani “Chorbog‘kent” mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan, 1981-yilda tug‘ilgan N.M. ismli ayol o‘zi yashaydigan Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida Q.Z. va M.G. ismli ayollarni mijozlar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 900 000 so‘m olib, fohishaxona tashkil etgani fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)