2023-yil mart oyida rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayohatlari 7,7 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Rosstat ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
![](/static/2023/Biznes/Fozil/801x-1-109.jpg)
O‘tgan oyda Misrga sayyohlik xizmatlari fevralga nisbatan 16,5 foizga, Turkiyaga esa 13,4 foizga oshgan.
Bundan tashqari, Qozog‘istonga turlar narxi ham 7,7 foizga, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaga — 5,5 foizga, BAAga — 4 foizga, Vyetnam, Indoneziya, Malayziya va Tailandga — 3,2 foizga qimmatladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2023-yilda 1 millionta rossiyalik sayyohlar kelishi kutilmoqda.
Mamlakat rossiyaliklar may bayramlarni o‘tkazishni istaydigan top-5 davlatlar qatoridan o‘rin olgan.
Izoh (0)