• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘qituvchilar kuni dalada nishonlanadigan bayram edi”. Namanganlik prorektor paxta dalasida kechgan o‘quvchilik, talabalik va o‘qituvchilik yillarini esladi

    Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan 12 yillik boykot bekor bo‘lganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Namangan muhandislik-qurilish institutining prorektori Odiljon Jakbarovni suhbatga tortib, majburiy mehnat qoldirgan iz — paxta dalalarida kechgan o‘quvchilik, talabalik va o‘qituvchilik yillari haqida so‘radi.

    “Hozir 48 yoshga to‘lgan bo‘lsam, shundan 30 yili paxta dalalarida kechgan ekan. Avval o‘quvchi, keyin talaba, so‘ng o‘qituvchi sifatida, albatta.

    Odiljon Jakbarov.
    Foto: “Daryo”

    Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilib-o‘sganman. Maktabning 5-sinfidan boshlab paxtaga chiqardik. Talabalikning besh yili ham shu tarzda o‘tdi. Institutda Bilimlar kunini nishonlab, ortidan qachon va qayerga terimga borishimizni surishtirardik. Nari borsa bir hafta o‘qish, keyin dalaga tayyorgarlik. Kishi boshiga 60 kilogrammdan paxta normasi. Normani bajarolmay, ovqatdan qarzdor bo‘lib qaytganlar ham ko‘p bo‘lgan. Kursdoshlarimizdan biri mavsum arafasida uylangani, keyin ota-onasi kelinbolani yetaklab, dalaga yangi kuyovni ko‘rgani kelganini hali-hanuz do‘stlar davrasida kulgi bilan eslaymiz.

    O‘zim o‘qigan institutga o‘qituvchi sifatida qaytib borganimdan keyin ham bu holat o‘zgarmadi. Farqi, endi talabalarni bu yumushga undash, ularga zarur shart-sharoit yaratib berishdan iborat edi. Avgust oyida bizga biriktirilgan dalaga borib, talabalarimiz uchun joy tayyorlar edik. Aksar bu joylar yotoq va yashash uchun umuman mo‘ljallanmagan bog‘cha yoki maktab binolari, shiyponlar bo‘lardi. Ovqat esa ko‘pincha makarondan iborat bo‘lgan, haftada ikki marotaba palov bilan siylardik.

    Eng yomoni, talabalarni o‘qishdan ajratib, dalaga olib borib, paxta terdirib, keyin kechki payt yig‘ilishlarda buning hisobotini berar, odam soni yoki kilogramm pasaygan bo‘lsa, yaxshigina dakki ham eshitardik. O‘zimiz kunda ikki-uch marta sanaganimiz yetmagandek, masʼul idoralarning xodimlari kechki payt kelib, endi yotishga harakat qilayotgan yoshlarni tashqariga olib chiqib, qaytadan sanardi. Talabalardan kimdir kasallikka chalingani esa haqiqiy fojia edi — uning salomatligiga qayg‘urilgani uchun emas, balki kishi boshi kamayib ketgani uchun.

    O‘qituvchi va murabbiylar kunining maqomi ham shunga yarasha edi. Qiziq tomoni, butun mamlakat bu kunni bayram sifatida nishonlab dam olar, o‘qituvchilarning o‘zi esa dalada, terimda kutib olardi. Bayram munosabati bilan palov tortilardi, sovg‘a-salom tarqatilardi, konsert qo‘yilardi va bo‘ldi, bayram shu tariqa o‘tdi-ketdi. O‘ylab ko‘rsam, nafaqat bayram, balki tug‘ilgan kunim sanasi — 12-oktabrni ham ko‘pincha dalada nishonlagan ekanman.

    2017-yili ham odatdagidek paxta terimiga otlandik, biroq bir hafta o‘tib-o‘tmay ortga qaytish va institutda o‘qish jarayonini boshlash haqida topshiriq oldik. Avvaliga o‘zimiz ham ishonmadik, lekin bizni olib ketish uchun shay turgan avtobuslarni ko‘rib, bu tush emas, reallik ekanligi ayon bo‘ldi. Shu-shu qaytib paxta dalasini ko‘rmadik. Na biz, na talabalar. Bunga ham endigina 5 yildan sal oshibdi, lekin hozir bemalol o‘sha paytda qabul qilingan qarorni mamlakat uchun burilish nuqtasi deb hisoblashga haqlimiz. Ayniqsa, biz pedagoglar. 

    Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan 12 yillik boykot bekor bo‘lganiga bir yil to‘lgan kunlarda shular haqida eslar ekanman, baʼzan o‘sha kunlar xuddi biz bilan bo‘lmagandek tuyuladi. Afsuski, bu yaqin o‘tmishimizda ro‘y bergan va hech kim, xususan, o‘quvchi, talaba va o‘qituvchiga nisbatan majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi zarurligini eslatuvchi alamli va achchiq saboqlardan iborat”.

    11.04.2023, 21:36   Izoh (0)   3814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda aliment to‘lamagan shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi 

    11.04.2023, 20:40

    Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq otib o‘ldirilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

    11.04.2023, 20:20

    O‘zbekistonda jamoat joylarida shilqimlik qilgan shaxs besh kunga qamalishi mumkin 

    11.04.2023, 19:45

    Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 330 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi 

    11.04.2023, 19:35

    Xalq demokratik partiyasi: Yangilanayotgan Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlami manfaatlari inobatga olingan

    11.04.2023, 19:30

    O‘zbekistonda er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlasa, 6 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi

    11.04.2023, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.