Toshkentning Yunusobod tez tibbiy yordam podstansiyasi feldsheri Zlata Gafurova chaqiriq bo‘yicha erkak shifokorlar brigadasini yuborgani uchun bemorning o‘g‘li tomonidan tahdidga uchrayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlari holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, 10-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga H. N. (1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) bilan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjati kelib tushgan.
Shuningdek, sud tomonidan maʼmuriy ish bo‘yicha sudga oid adabiyotshunoslik ekspertizasi tayinlangan. Ekspertiza xulosasi sudga taqdim etilgandan so‘ng ushbu maʼmuriy ishni ko‘rib chiqish davom ettiriladi.
Avvalroq Toshkent shahar Bektemir tumanida tez yordam mashinasida olib ketilayotgan ayol tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, salondagi jihozlarni tepib sindirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq ayol spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)