Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Bektemir tumanida tez yordam mashinasida olib ketilayotgan ayol tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, salondagi jihozlarni tepib sindirdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 29-mart kuni soat 18:00 larda uyidagi oilaviy mojaro sababli qo‘lini kesgan ayol — 1987-yilda tug‘ilgan T.T. tez tibbiy yordam mashinasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilayotgan vaqtda ushbu holatni sodir etgan. U Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasida tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, salondagi maxsus jihozlarni tepib sindirgan. 

Haydovchi fuqaroni tinchlantirish maqsadida avtomashinani to‘xtatgan vaqtda ayol yonidagi turmush o‘rtog‘i va tibbiyot xodimlarining gapiga qaramasdan, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan. T.T. transport vositalari harakatlanishi uchun xavfli holatni yuzaga keltirib, jamoat tartibini buzgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilgan. Hodisa joyga yetib kelgan IIO xodimlarining aralashuvi bilan T.T. tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)