O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga hamshiralik va qariyalarni parvarishlash sohasida ishga olinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniya ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik va yurtdoshlarni O‘zbekistonda nemis tiliga o‘qitib, ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga hamshiralik va qariyalarni parvarishlash sohasida ishga jalb qilish yuzasidan shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Izoh (0)