“Mehridaryo” loyihasiga asakalik Nilufar Sadirbekova murojaat qilib, qizi Humayrabegim Ismoilovani davolatish uchun xalqdan yordam so‘radi.
— To‘rt yoshlik qizim ilgari sog‘lom bola edi. 2021-yili birdan tobi qochib qoldi. Shifokorlar unga oqqon tashhisini qo‘yishdi.
Bolasining bu kasallikka chalinishi onaga tasavvur qilib bo‘lmas darajada og‘ir ekan. Avvaliga oyog‘i og‘rib, ishtahasiz bo‘lib qoldi. Andijon viloyatidagi kasalxonaga olib borganimizda gemoglabini ikkiga tushib qolganini aytishdi. Shifokorlarga rahmat, qon quyib davolab Toshkentga yuborishdi. Toshkentda ilik orqali tahlil olib, uning oqqonga chalinganini aytishdi. Bu xabarni eshitib yashay olmasam kerak deb o‘ylagandim. Allohga shukr, ahvoli ancha yaxshi.
Ammo oilaviy sharoitimiz og‘irligi sabab uni davolatolmayapmiz. Oilada 9 kishi yashaymiz, yagona boquvchimiz turmush o‘rtog‘im.
Bolam ham boshqa bolalar singari o‘ynab kulishini xohlayman. Mayli bog‘cha yoki maktabga bormasin, yonimda bo‘lsa bo‘ldi. Ona uchun bolaning dardini ko‘tarish o‘tda yongandan ham og‘irroq bo‘lar ekan. Yaxshi insonlar farzandimni davolatish uchun qo‘lingizdan kelgancha yordam beringlar, — deydi bemorning onasi Nilufar Sadirbekova.
Ismoilova Xumayrabegimga xayriya qilishni istasangiz,
8600 0417 6511 0391 (Sadirbekova Nilufar)
Murojaat uchun: +(99833) 989-06-88
Izoh (0)