Qirg‘iziston parlamenti deputati Akbokon Tashtanbekov Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Murat Ramatovga maktab kundaligi sovg‘a qildi va unga uch baho qo‘ydi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Mazkur holat Oliy Majlisning Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida sodir bo‘ldi. Tashtanbekov avvaliga vazir o‘rinbosarining ishini ikkiga baholadi va ota-onasisiz kelmaslikni aytdi. Ammo biroz vaqt o‘tgach, u amaldorga kundalikni sovg‘a qildi.
Deputat vazir o‘rinbosari xafa bo‘lmasligi uchun uning kundaligiga ikki emas, uch baho qo‘ydi. Tashtanbekov vazir o‘rinbosariga kundalikka faqat prezident va vazirlar mahkamasi rahbari unga faqat “a’lo” baho berishini tilagan.
Izoh (0)