• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Konstitutsiyaga men ham taklif bergandim”— tarix o‘qituvchisi o‘z faoliyati va o‘zgarayotgan qomus haqida

    Tarix va huquqshunoslik fanlari o‘qituvchisi Akmal Madiyev 2001-yildan beri Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan 2-ixtisoslashtirilgan maktab internatida faoliyat yuritib keladi. Muallim yaqinda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri ustamasi bo‘yicha imtihonda 100 foizlik natija qayd etib, g‘olib bo‘ldi va oylik-maoshiga qo‘shimcha besh million so‘mlik ustamani qo‘lga kiritdi.

    Akmal Madiyevning mingdan ortiq shogirdi OTMlarga kirishga muvaffaq bo‘lgan, ular asosan, davlat siyosiy boshqaruvi, sud, prokuratura, ichki ishlar, taʼlim sohasida mehnat qiladi.

    Muallim “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida o‘qituvchilik mashaqqatlari, taʼlim, o‘zgarayotgan Konstitutsiya to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Akmal Madiyev
    Foto: shaxsiy arxiv

    “Konstitutsiyaga men ham taklif berganman”

    Yangilanayotgan qomusni davlatimiz tarixidagi muhim siyosiy jarayon deya ayta olaman. Bu borada men ham o‘z takliflarimni berdim. Boshqa taklif etilayotgan o‘zgarishlar ichida ham xalqimiz hayotiga katta taʼsir o‘tkazadigan o‘zgarishlar bor.

    Amaldagi Konstitutsiyaning 41-moddasi bepul taʼlimga bag‘ishlanadi. Yangi taklif etilyotgan moddada faqat umumiy taʼlim emas, maktabdan tashqari, qo‘shimcha taʼlim haqida ham gap boradi. Bu juda muhim. Chunki bola uchun faqat maktab taʼlimi yetarli bo‘lmasligi mumkin. O‘quvchining yetuk bo‘lishi uchun qo‘shimcha taʼlim juda muhim.

    Foto: Telegram / “Manba”

    Konstitutsiyada yana bir jihat – kishining sudlangani uning avlodlariga taʼsir qilmasligi belgilanmoqda. Avval yaqin qarindoshi bir necha oy “o‘tirgan” bo‘lsa-da, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda orzu qilgan kasbi (masalan ichki ishlar) sohasida ishlay olmagan yoshlarni ko‘p ko‘rganmiz. Bu narsaga chek qo‘yilishi katta islohotdir.

    Yangi qomusda senatorlar soni keskin qisqarmoqda. Amaldagi 100 senator o‘rniga 65 senator taklif etilyapti. Son emas, sifat ortidan quvish, chiqarilayotgan qonunlar ahamiyatini oshiradi, qolaversa, davlat budjeti sarfi kamayadi.

    Eng katta o‘zgarishlardan biri 1-moddada bo‘lmoqda. O‘zbekiston suveren, demokratik shuningdek, dunyoviy, ijtimoiy davlatga aylanmoqda. Shu joyida ijtimoiy degan so‘zga eʼtibor bering. Ijtimoiy himoyani davlat tomonidan fuqarolarga taqdim etiladigan moddiy va maʼnaviy yordam majmui desa ham bo‘ladi. Aholini ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash oshadi, har bir fuqaro o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni seza boshlaydi.

    Foto: Akmal Madiyev

    “Maoshim ming dollarga yetdi”

    Vazir ustamasi bo‘yicha imtihonda qatnashdim. Qarshi shahrida o‘tkazilgan jarayonda barcha savollarga javob berib, 100 foizlik natija ko‘rsatdim, suhbatdan ham muvaffaqiyatli o‘tdim.

    Natijada oyligim qariyb ming dollarga yetdi. Bundan tashqari, darsdan so‘ng, o‘quvchilarga qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari o‘taman. O‘qituvchining moddiy holati yaxshi bo‘lsa, dars sifati ham keskin oshadi, pedagog mayda va maishiy masalalardan uzoqlashib, taʼlimni rivojlantiradi.

    O‘zimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, o‘tgan 2022-yilda o‘qitgan shogirdlarim orasida OTMlarga kirish darajasi 85-90 foizni tashkil etdi.

    Tarix fani nega kerak?

    Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bloger va olimlar orasida tarix, umuman ijtimoiy fanlar o‘qitilishi bo‘yicha tortishuvlarga ko‘zim tushadi. Baʼzilar tarixni o‘qitish bizga nima beradi, degan savolni ham o‘rtaga tashlaydi.

    Tarix fani yaxshi o‘qitilsa, aholining ijtimoiy ongi o‘sadi, atrofdagi voqealarga befarq bo‘lmaydi. Jamiyat va davlat o‘rtasidagi jarlik vujudga kelmaydi. Tarixni yaxshi bilgan odam demokratiya va uning asosi qandayligi, qadimgi Gretsiya yoki Rimdagi tuzumning hozirgilaridan farqi qanaqaligi, buyuk fransuz burjua inqilobi, sanoat inqiloblari nima berganini sintez qila oladi.

    Shuningdek, zamonamizda kechayotgan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaro va unga bo‘lgan munosabat ham tarixni o‘qitish va undan ibrat olish zaruriyatini ko‘rsatadi.

    Tarix bizga hozir va kelajakda qanday yashashni o‘rgatadi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

    “Tarix takror bilan o‘rganiiladi”

    Tarixni o‘qitishda nimalarga eʼtibor berish kerak degan savollar ko‘p beriladi. Tarix — sanoqsiz voqealar, sonlar, yillar, faktlarni o‘z ichiga olgan ulkan fan. Shu paytgacha ushbu fan doirasida minglab darslik va qo‘llanmalar yaratilgan. Ular orasida xolis yozilganlari ham, propaganda (tashviqot) asosida yaratilganlari ham bor. Masalan, Sobiq sovet davrida darsliklar ko‘proq o‘zida Rossiya tarixini aks ettirar edi. Ularda Rossiya imperiyasi bilan bog‘liq voqealar batafsil yoritilgan. Boshqa respublikalar bo‘yicha mavzularga kam o‘rin berilgan.

    Tarixiy faktlarni eslab qolish va yodda tutish mushkul ish. Bu fanda muvaffaqiyatga erishishni dastlab xotira va zehnni kuchaytirishdan boshlash kerak. Shunday o‘quvchilar bor — bugungi mavzuni to‘liq yod oladi, bir haftadan keyin so‘ralsa, hech narsani bilmaganday o‘tiradi. Yaʼni o‘qiganlari esida qolmaydi.

    Test imtihonlarida tarix fani savollari murakkab bo‘ladi. Bunda bittagina raqam yoki so‘z abituriyentni adashtirishi mumkin.

    Men darsni takrorlash va qaytarishlar orqali tashkil qilaman. O‘quv yil yakunlanayotgan may oyida yil boshida o‘tilgan mavzularni ham savol-javob qilaman. Natijada o‘quvchi miyasini rivojlantirish uchun tinimsiz shug‘ullanishga majbur bo‘ladi.

    Har 3-4 darsdan so‘ng, o‘quvchilar o‘rtasida test sinovlari o‘tkazaman. Testlarni darsliklar asosida o‘zim tuzib chiqaman. Tez-tez sinovdan o‘tib turgan o‘quvchi ijobiy maʼnoda aytganda “jangovar” kayfiyatda bo‘ladi.

    03.04.2023, 19:10   Izoh (0)   5161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar ishi sudda qayta ko‘rib chiqiladi

    03.04.2023, 18:38

    Farg‘onadan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktirildi

    03.04.2023, 18:04

    Samarqandda uch kishi bankomatni o‘marmoqchi bo‘ldi (video)

    03.04.2023, 17:56

    Toshkentda kuzatilgan eng kuchli bahor yomg’irlari haqida ma’lumot berildi

    03.04.2023, 17:38

    O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari bo‘lishi kutilmoqda

    03.04.2023, 17:26

    O‘zbekistonda 1 mln aholi virusli gepatitga qarshi skriningdan o‘tkaziladi

    03.04.2023, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.