Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saida Mirziyoyeva Global xotin-qizlar muammolari bo‘yicha AQSH Davlat kotibi ofisi qoshida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi vazifasini bajaruvchi Katrina Fotovat bilan uchrashdi

Foto: Telegram / @SShMirziyoyeva

Maʼlum qilinishicha, uchrashuv izlarning taʼlim olishiga bag‘ishlandi. Elchi O‘zbekiston doirasidan chiqib, Afg‘onistonning taʼlim sohasidagi muammolariga ham to‘xtalib o‘tdi. 

“Chunki bu davlat taqdiri, uning kelajagi uchun bizning mamlakatimiz ham befarq emas. Katrina Fotovat O‘zbekistonda qizlar va ayollarni o‘qitish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatini berish uchun qilinayotgan saʼy-xarakatlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, Afg‘onistondagi qizlarni onlayn-o‘qitish imkoniyatlarini ham muhokama qildik, zero onlayn taʼlim orqali murakkab ijtimoiy va siyosiy sharoitda bilim olishni istovchilar qamrovini kengaytirib, ularning taʼlim orqali erishmoqchi bo‘layotgan orzu-niyatlari va umidlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini yaratish mumkin”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram / @SShMirziyoyeva

Shuningdek, aprel oyida Toshkentda tadbirkor ayollarning Xalqaro forumi o‘tkazilishi ham maʼlum qilindi. 

“Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan S5+1 (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH) formatidagi tadbirkor ayollarning Xalqaro forumi mintaqa miqyosida xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan masalalarni hal etish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlash uchun yanada ahamiyatli bo‘ladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)