• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil etiladi

    O‘zbekistonda xotin-qizlar faollari tomonidan muhtoj oila va fuqarolarning muammolarini kompleks o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga maqsadli yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil etiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.

    Hujjatga ko‘ra, xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishiga ko‘maklashiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Ro‘yxatdagi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralar xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatish bo‘yicha maʼmuriy reglamentlar ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali amalga oshiriladi.

    Xotin-qizlar faoli telefon orqali muloqot, elektron manzil yoki ijtimoiy tarmoqqa kelib tushgan xabar, yashash joyiga borgan holda yoxud shaxsiy uchrashuv orqali, mutasaddi xodimlar tavsiyalari asosida xizmat oluvchining murojaatini modul orqali ro‘yxatga oladi.

    Ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoj xizmat oluvchilarni birlamchi baholash va kompleks baholash orqali aniqlanadi. Birlamchi baholash jarayonida xatar darajasi (xatar yo‘q, past, o‘rta, yuqori) aniqlanadi.

    Xotin-qizlar faoli murojaat sababini hamda xizmat oluvchining sharoitlarini o‘rganib, qiyin vaziyatga tushib qolish sabablarini  aniqlaydi. Birlamchi baholash shakliga zarur qaydlar kiritib boriladi hamda xizmat oluvchining holatida mavjud xatar va himoya omillari belgilab boriladi.

    Birlamchi baholash davomida xizmat oluvchining hayoti, faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan xatar omillari aniqlangan bo‘lsa, bu xatarning past darajasi hisoblanadi. Bunda xizmatlar qisqa muddatli yoki bir martalik bo‘lishi, mas’ul tashkilotga yo‘naltirish bilan hal etilishi mumkin.

    Xizmat oluvchining hayoti, faoliyati, sog‘lig‘i, oilasi, ishi yoki o‘qishi va ijtimoiy munosabatlarida ikki yoxud undan ortiq muammoli vaziyatlar mavjud bo‘lsa, o‘rta darajadagi xatar hisoblanadi.

    Xizmat oluvchining hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘rt va undan ortiq sohaga oid muammolar, maishiy zo‘ravonlik, shafqatsiz muomala yoki bola bilan shafqatsiz munosabat, alkogol yoki giyohvand vositalarga tobelik, axloqidagi muammolar, qonunbuzilishlari, og‘ir psixik buzilishlar, turar-joyini yo‘qotish, oilaviy nizo va notinchliklar kabi holatlar mavjud bo‘lsa, xizmat oluvchini yuqori darajadagi xatar vaziyatida deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.

    Yuqori xavf aniqlangan holda murakkab hayotiy vaziyatdagi xizmat oluvchi ehtiyojlari xotin-qizlar faoli tomonidan elektron moduldagi shakl asosida kompleks baholash orqali o‘rganiladi.

    Ijtimoiy xizmatlar birinchi navbatda quyidagi toifadagi shaxslarga ko‘rsatiladi:

    • keksalar;
    • harakat faolligi cheklangan, xotirani qisman yoki to‘liq yo‘qotganlar;
    • og‘ir xastalik, davolanishi uzoq muddat talab qiladigan xastalar;
    • ruhiy kasallik va xulq-atvorning buzilishi, jumladan psixoaktiv moddalarni iste’mol qilayotgan shaxslar;
    • nogironligi mavjudlar;
    • uy-joyga muhtojlar;
    • ishsizlar;
    • kam ta’minlanganlar;
    • ota-onalarning ajralishi tufayli xulq-atvoridagi buzilishlar aniqlangan bolalar;
    • ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalashdan bo‘yin tovlangan voyaga yetmaganlar;
    • ijtimoiy aloqalarni yo‘qotgan, jumladan ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lib qaytganlar;
    • tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar;
    • odam savdosi bilan bog‘liq vaziyatga tushib qolganlar;
    • yong‘in, tabiiy ofat, falokatdan jabrlanganlar.

    Baholash natijalariga ko‘ra, xotin-qizlar faoli xizmat oluvchining normal hayot kechirishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, unga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘maklashish uchun tegishli choralarni amalga oshiradi.

    Ya’ni, xizmat oluvchining murojaati davomida aniqlangan muammolarni tahlil qiladi. U bilan birgalikda muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xizmatlar rejasini ishlab chiqadi. Xizmat oluvchini ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun vakolatli tashkilotlarga yo‘naltiradi. Xizmat oluvchini muhim hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalarga o‘rgatadi, maslahatlar berib boradi.

    Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 7-aprelgacha davom etadi. Xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishiga ko‘maklashiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. 

    26.03.2023, 14:25   Izoh (0)   11311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondan Malayziyaga kimyoviy o‘g‘itlar eksport qilinadi 

    26.03.2023, 13:55

    Namanganda maktab direktori o‘qituvchiga boshi bilan zarba bergani uchun uning o‘g‘illari tomonidan kaltaklandi 

    26.03.2023, 12:35

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi

    26.03.2023, 12:10

    Toshkent viloyatida fuqaroni sarson qilgan hokimlik mas’ullari lavozimidan olindi

    26.03.2023, 11:50

    Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 

    26.03.2023, 11:05

    Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi

    26.03.2023, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.