AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 25-mart kuni Texasda bo‘lib o‘tgan mitingda AQSH banan respublikasiga aylanganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat uchun asosiy xavf Xitoy yoki Rossiya emas, balki mamlakat hukumatida ishlayotgan yuqori martabali amaldorlar hisoblanadi. U, shuningdek, Amerika chegaralarini himoya qilish, ovoz berish tizimi va huquq-tartibot idoralarini siyosiy qurolga aylantirishni dolzarb muammolar deb atadi.
“Agar biz 2024-yilgi saylovlarda g‘alaba qozona olmasak, mamlakatimiz halokatga mahkumdir”, — deya taʼkidladi u.
Ma'lumot uchun, banan respublikasi — xalqaro siyosatda beqaror, iqtisodiy jihatdan esa bir yoki bir nechta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga qaram bo‘lgan, ko‘pincha korrupsiya chuqur ildiz otgan va kichik elita tomonidan boshqariladigan davlatlar uchun haqoratomuz maʼnoda qo‘llaniladigan siyosiy atama hisoblanadi.
Izoh (0)