Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida davlat rahbari bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram — Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutlagan.
Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.
“Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Izoh (0)