Toshkent aeroportida samolyot farroshi yo‘lovchi sumkasidagi pullarni o‘zlashtirib oldi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 10-mart kuni soat 23:30 da poytaxt aeroportida bo‘lib o‘tgan. Olmaota—Toshkent aviareysi bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosi samolyotda sumkasini unutib qoldirganini aytgan. Sumkada 1,8 ming dollar 300 ming so‘m, bank kartasi, quloqchinlar va telefon quvvatlagichi bo‘lgan.
Tergovga qadar tekshiruv ishlari natijasida aniqlanishicha, samolyotlarni tozalash bilan shug‘ullanuvchi xususiy klining kompaniyasi xodimasi mazkur sumkani topib olib, uni o‘zlashtirgani aniqlangan.
Ayoldan pul va buyumlar ashyoviy dalil sifatida guvohlar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)