Afg‘onistonning Nangarhor viloyati Jalolobod markazida o‘smir xonanda ishsizlik sababli o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.
Marhumning ismi Sartaj Nangarhor bo‘lib, o‘tgan tunda o‘z joniga qasd qilgan. Marhumning qishloqdoshi o‘limga sabab sifatida iqtisodiy muammolar va ishsizlikni keltirib o‘tgan. “Tolibon” harakatining Nangarhor viloyatidagi mahalliy rasmiylari o‘smirning o‘z joniga qasd qilganini tasdiqlagan va tergov boshlanganini e’lon qilgan.
“Sartaj” mashhur pushtu qo‘shiqchisi Ostad Manurning nabirasi bo‘lgan. Manurning farzandlari va nabiralari qo‘shiqchi bo‘lib, “Tolibon” hukmronligi tufayli iqtisodiy muammolarga duch kelgan.
Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan beri qo‘shiq aytish va hatto musiqa tinglash ham taqiqlangan, turli viloyatlardan mahalliy san’atkorlar yo ko‘chib ketgan yoki iqtisodiy muammolar tufayli qiynalmoqda.
Izoh (0)