O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar akademiyasi va Yaponiyaning Kioto universiteti tovarlar kimyosi va mahsulotlarni kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu haqda akademiya raisi, professor Ibrohimjon Asqarov “Daryo”ga maʼlum qildi.
O‘zaro kelishuv Kioto universitetida bo‘lib o‘tgan. Universitetning kimyo fanlari bo‘yicha professori Shahboz Xan bilan akademiya o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Taʼkidlanishicha, Kioto universiteti professori O‘zbekistonda xalq tabobati fani yaratilgani va amaliyotga kiritilgani, O‘zbekistonda 11 ta tibbiyot oliygohlarida xalq tabobati ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanayotganini alohida eʼtirof etgan.
“Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda xalq tabobati sohasida amalga oshirilayotgan yutuqlarimizni xalqaro amaliyotda tatbiq etish uchun juda ham muhim. Shuningdek, akademiya xodimlarining Yaponiya universitetlarida malaka oshirish imkoni yaratiladi”, — dedi professor Ibrohimjon Asqarov.
Avvalroq O‘zbekistonda tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Tabobat akademiyasi aʼzolari Turkiyada malaka oshirishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)