Moskva metrosining “Kiyevskaya” bekatida noma’lum erkak 15 yoshli o‘smirni harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga itarib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi tirik qolgan, prokuratura uning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmasligini aytgan. Bola shifokorlar tomonidan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tadi. Voqea videokuzatuv kameralariga tushib qolgan.
O‘smirni itarib yuborgan erkak 1961-yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning harakatlari sababi hozircha noma’lum. Moskva metropoliteni prokuraturasi hodisaning barcha holatlarini aniqlashni nazorat qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, odam o‘ldirishga urinish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi psixonevrologik dispanserda ro‘yxatda turadi. Hozirda voqea joyida tergovchilar ishlamoqda.
Izoh (0)