• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Demokratiya o‘rniga uzoq yillik tartibsizliklar: Iroqda AQSH boshlagan urush bilan nimaga erishildi?

    2003-yilda AQSHning Iroqqa bostirib kirishidan maqsad telbanamo urushlar va iqtisodiy qashshoqlik sababchisi bo‘lgan diktator Saddam Husaynni ag‘darish, so‘ng farovon demokratiyani yo‘lga qo‘yish edi.

    Lekin iroqliklar buning o‘rniga  yillab davom etgan qo‘zg‘olon va tartibsizliklarga duch kelishdi.

    Foto: AP Photo

    Dastlab Saddam Husaynning sodiq tarafdorlari, keyin esa “Al-Qoida” tomonidan olib borilgan halokatli isyon ortidan mazhablararo fuqarolar urushi boshlandi, so‘ng ISHID mamlakatning uchdan bir qismini egallab olib,  minglab odamlarni qirib tashladi.

    Reuters yirik neft eksportichisi bo‘lgan Iroqda 2003-yildagi urushdan buyon sodir bo‘lgan zo‘ravonliklarning bir qismi, jumladan, xudkush portlashlar va kallakesarliklar xronologiyasini tuzdi.

    2003-yil, 20-mart — AQSH boshchiligidagi kuchlar Saddam Husaynni hokimiyatdan ag‘darish uchun Quvayt hududidan Iroqqa bostirib kirdi. Hujumda Iroq harbiylari tor-mor etildi va bir necha hafta ichida Saddamni hokimiyatdan ag‘darishdi.

    2003-yil, 9-aprel — AQSH qo‘shinlari Bag‘dodni egallab oldi. Saddam yashirindi. Bag‘dodda va boshqa joylarda qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

    2003 yil 1 may — AQSH prezidenti kichik Jorj Bush “Avraam Linkoln” aviatashuvchi kemasining palubasida nutq so‘zladi. “Asosiy jangovar operatsiya tugadi. AQSH va ittifoqchilarimiz Iroq urushida g‘alaba qozondi”, — deya e’lon qildi Bush. Uning ortida “Missiya bajarildi” yozuvli banner turardi.

    Kichik Jorh Bush
    Foto: AP Photo

    2003-yil, 23-may — Iroq armiyasi va razvedka xizmatlari tarqatib yuborildi.

    2003-yil, 7-avgust — Bag‘doddagi Iordaniya elchixonasida yuk mashinasi portlatildi, oqibatda 17 kishi halok bo‘ldi.

    2003-yil, 19-avgust — Bag‘dodda joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasida yana bir yuk mashinasining portlashi oqibatida 22 kishi, jumladan, BMT vakili Serjio Vieyra de Mello halok bo‘ldi.

    2003-yil, 29-avgust — Najaf shahridagi Imom Ali masjidida bomba o‘rnatilgan avtomobil kamida 83 kishi, jumladan, shia musulmonlarining yetakchisi Oyatulloh Muhammad Baqir al-Hakimning o‘limiga sabab bo‘ldi.

    2003-yil yozi — Saddam tarafdori bo‘lgan partizanlar, so‘ngra “Al-Qoida” va shia jangchilari AQSH boshchiligidagi kuchlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. 

    2003-yil, 13-dekabr — Koalitsiya kuchlari Bag‘dodga kirganidan sakkiz oy o‘tgach Tikrit yaqinida Saddam Husayn qo‘lga olindi. Iroq sobiq prezidentini eski-tuski kiyimda, soch-soqollari o‘sgan  holatda tanish qiyin bo‘lgan. Husayn insoniyatga qarshi ko‘plab jinoyatlarda, shialar va kurdlarni qirg‘in qilishda, shuningdek, 1990-yilda Kuvaytga qilingan hujumda ayblangan. Hibsga olingan Husayn va uning hukumati a’zolari ishini ko‘rib chiqqan tribunal 2005-yilda Iroqning sobiq prezidentiga o‘lim jazosini tayinladi. Aybini tan olmagan Husayn 2006-yil 30-dekabrda qatl etilgan. U osib o‘ldirilgan.

    Saddam Husayn
    Foto: AP Photo

    2004-yil bahori — Falluja va boshqa joylarda, asosan, sunniy musulmonlar yashaydigan Anbar viloyatida isyon kuchaydi, janubda esa shia ruhoniysi Muqtada Sadr tarafdorlari tomonidan zo‘ravonliklar avj oldi. Abu Greyb qamoqxonasida mahbuslarga nisbatan qo‘llangan zo‘ravonliklarni aks ettiruvchi fotosuratlar paydo bo‘lgach, AQSH xalqaro miqyosda tanqid qilina boshladi.

    2004-yil, 31-mart — Fallujada isyonchilar Iroqda AQSH hukumati bilan shartnoma asosida ishlayotgan Blackwater xususiy xavfsizlik kompaniyasi xodimlarini o‘ldirgan: ularning jasadlari toptalgan va Frot daryosidan o‘tuvchi ko‘prikka osib qo‘yilgan.

    2004-yil, 11-may — Isyonchilar amerikalik biznesmen Nikolas Bergning boshini kesib, uning qatl etilishini videotasvirga oldi.

    2004-yil oktabr — “Al-Qoida”ning Iroqdagi yetakchisi Abu Musab Az-Zarqaviy fuqarolar urushida ko‘pchilik shia musulmonlarining ozchilik sunniylarni qirishiga qaratilgan qonli hujumlarni boshladi.

    2006-yil, 8-iyun — Zarqaviy AQSH kuchlari tomonidan o‘ldirildi.

    30-dekabr, 2006-yil — Saddam Husayn osildi.

    2007-yil yanvar — Bush yangi urush strategiyasini e’lon qildi, jumladan AQSH qo‘shinlarini qo‘zg‘olonga qarshi kurashish uchun Iroqqa tashladi.

    2007-yil oktabr — Iroq AQSHning Blackwater kompaniyasi qo‘riqchilari Bag‘doddagi otishmada 17 nafar iroqlikni “qasddan o‘ldirganini” da’vo qildi va ularga qarshi qonuniy choralar ko‘rishni rejalashtirdi. Blackwater soqchilari esa konvoyga qilingan hujumga qonuniy munosabat bildirganini ta’kidladi.

    2010-yil avgust  — AQSHning oxirgi jangovar brigadasi Iroqni tark etdi.

    2014-yil, 4-iyul  — ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy juma kuni o‘zining xalifaligini e’lon qilish uchun qora diniy libosida Mosuldagi al-Nuriy masjidi minbariga chiqib, butun dunyo e’tiborini tortdi.

    2017-yil — Diniy niqob ostida minglab odamlarni qatl qilgan ISHIDning shafqatsiz hukmronligiga Mosulda Iroq va xalqaro kuchlar bilan to‘qnashuvda guruhning mag‘lubiyati bilan barham beriladi.

    Foto: Reuters

    2018-yil, 19-oktabr — AQSH prezidenti Donald Tramp ISHID mag‘lub bo‘lganini e’lon qildi.

    2019-yil, 27-oktabr — Tramp ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQSH maxsus kuchlarining Suriyadagi tungi reydida o‘zini o‘zi o‘ldirganini e’lon qildi. Bag‘dodiy hujum paytida tunnelga qochib kirgan, granata o‘rnatilgan jiletini portlatib, uch farzandi bilan birga halok bo‘lgan.

    09.03.2023, 16:34   Izoh (0)   8586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunaqasi bo‘lmagan”: Rossiya birinchi marta Ukrainaga birdaniga oltita “Kinjal” raketasi uchirdi

    09.03.2023, 15:24

    AQSHda o‘zbekistonlik erkak FQB va immigratsiya xizmati xodimlarini aldaganlikda aybdor deb topildi

    09.03.2023, 14:20

    Putin Ukrainaga qarshi yillab urushishga tayyor — AQSH razvedkasi

    09.03.2023, 12:59

    Gruziyada ommaviy norozliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentdan qaytarib olindi

    09.03.2023, 12:02

    AQSHga Ukraina hisobiga sarflangan qurol zaxiralarini to‘ldirish uchun 15 yil kerak — WP

    09.03.2023, 11:40

    Tramp: “Urushning oldini olish uchun Rossiyaga Ukrainaning bir qismini bergan bo‘lardim”

    09.03.2023, 10:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.