• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat mukofotiga loyiq ko‘rishadi deb o‘ylamaganman”. Ko‘cha supurib, “Shuhrat” medali olgan obodonlashtirish xodimasi hikoyasi

    Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi Malohatxon Jakbarova 20 yildan ortiq muddat davomida tuman obodonlashtirish bo‘limi tozalovchisi vazifasida ishlagan. U O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida “Shuhrat” medaliga loyiq ko‘rilgan. “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida u bilan suhbat qurdi.

    “Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lishni orzu qilardim”

    “O‘zim Shahrixon tumanida tug‘ilib, voyaga yetganman. Bolalikdan kitobga mehr qo‘yib, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo‘lishni orzu qilardim. Shu sababli o‘quvchilik paytimda ona tili va adabiyoti fanidan fan olimpiadalarida ham qatnashganman. Hattoki, 10-sinfda o‘qigan paytimda tumanda birinchi o‘rinni olib viloyat bosqichigacha yetib borganman. Ammo oilaviy sharoitimiz sababli oliygohda o‘qishga harakat qilib ko‘rmaganman. Sababi oilada yetti nafar farzandmiz, ota-onam kolxozchi bo‘lgan. Shuning uchun xayolimda men ishlashim va ularga yordam berishim kerak degan o‘y o‘tgan.

    O‘rta maktabni aʼlo baholarga bitirib, tumandagi atlas to‘quv fabrikasiga ishga kirganman. Dastlab ish o‘rganish uchun olti oylik kursda o‘qiganman. U yerda ham darslardagi faolligimga qarab master bo‘lishingiz, o‘qishingiz kerak deyishgan. Shunda ham yo‘q, men ishlashim uydagilarga yordam berishim zarur deganman. Ammo yillar o‘tib, dadam rahmatli vafot etishidan oldin “qizim, seni o‘qitishim kerak ekan” degan gapni aytgandi. Fabrikada uch yil qayta o‘rovchi vazifasida ishladim. U yerda ham kam bo‘lganim yo‘q. Keyin taqdir taqozosi bilan Bo‘z (hozirgi Bo‘ston) tumaniga kelin bo‘lib tushdim. Turmush o‘rtog‘im bilan farzandlarni dunyoga keltirib, halol mehnat bilan voyaga yetkazdik”, — deydi Malohatxon Jakbarova.

    “Farzandlarim obodonlashtirishda ishlashimga qarshilik qilishgan”

    “Oilali bo‘lgach, uzoq yillar kolxoz dalalarida mehnat qildim. O‘zingizga maʼlum, kolxozdagi ishlar mavsumiy bo‘ladi. Bahordan boshlangan ish paxta terib bo‘linganidan keyin tugaydi, bekorchilik bo‘ladi. Oyliklar ham oz edi. Bu yoqda bolalarimiz katta bo‘lyapti. Shularni o‘ylab, 2003-yilda kommunal xo‘jalik tashkilotining obodonlashtirish bo‘limiga ishga kirganmiz. Birinchidan doimiy ish o‘rniga ega, ikkinchidan esa oyliklarimiz ham tayin, oilaviy ehtiyojlarimizga ham to‘g‘ri keladigan ish edi. O‘sha paytda oylik maoshlarimiz 10 ming so‘m bo‘lgan, hozirgi pulga chaqadigan bo‘lsangiz ikki million so‘mga boradi.

    Ishimiz shu — oddiy, ko‘chalarni tozalaymiz, supuramiz, axlatlarni olamiz. Qarovsiz joylarni chopib, manzarali gullar va daraxtlar ekamiz. Binolar oldini chiroyli qilamiz. Har kungi ishimiz shunaqa. Birinchi ish boshlagan paytlarimda farzandlarimda ozgina tushunmovchilik bo‘ldi. Ishlashimga rozi bo‘lishmadi. ‘Qo‘ying, aya, nima qilasiz? Kim bo‘lsa ko‘cha supuruvchi, axlat oluvchi deydi’, deb qarshilik qilishdi. Allohga shukr, keyinchalik tushunib yetishdi. Yonimga xo‘jaynim kirdi, ikkalamiz birga bir joyda ishladik. Yomon bo‘lmadik. Bolalarni uylab-joyladik. Hozir ular o‘zlari ustachilik qilib, uylar qurishadi. Endi rahmat aytishadi”, — deya o‘tgan davrini eslaydi suhatdosh.

    “Bizga past nazar bilan ham qaraydiganlar yo‘q emas”

    “Ko‘chalarni supurib, tozalab yurganimizda ayrim odamlarning past nazar bilan qaraganiga ham guvoh bo‘lamiz. Ularning orasida oddiy supuruvchisan-da degani ham, axlatlarini olib chiqib, tozalagan joylarga sochib yuborganlar ham bo‘lgan. Supurib, tozalaysan oyligini olyapsanmi, deya changib ketsa changitma deganlar ham bor. Ishimizni tushunib, ‘Yerning yuzini ochyapsizlar. Sizlarni ham yuzlaringizni Alloh ochsin, mehnatlaringiz Allohdan qaytsin”, deb duo qilib ketadiganlar ham yo‘q emas. Endi hayot shunaqa ekan”, — deydi suhbatdosh.

    “Davlat mukofotiga loyiq topishadi deb o‘ylamaganman”

    “Meni mukofotga munosib ko‘rishganida shular hayolimdan o‘tadi. Kimdir nazar qilmasa-da, o‘g‘rilik yoki boshqa ish qilib emas, halol mehnat bilan rizq topyapmiz-ku deyman. Mehnatning aybi yo‘q. Ko‘cha supuruvchilik bo‘ladimi, bozorda arava tortish bo‘ladimi uning aybi yo‘q. Kimdir ko‘chani ham tozalashi kerak. Obodonlashtirish xodimlari bo‘lmasa ko‘chalarimiz qanday ahvolga kelib qolishini o‘ylab ko‘ring”, — deydi Malohatxon aya.

    U mukofot olganini shunday esga oladi.

    “Bir kuni hokimiyatdan Abbosbek degan bir bola telefon qilib, o‘sha paytdagi boshlig‘imiz Avazbek Ahmadjonovdan ko‘p yil ishlagan opalardan kerak deb so‘ragan ekan. U kishi mening nomzodimni beribdi. Shunda meni hokimiyatga chaqirishdi. U yerda ozgina savol-javob qilishib, keyin rasmga olib, chiqarib yuborishdi. O‘shanda hech narsani tushunmadim, ular ham aytishmadi. Qilgan ishlariga hayron qoldim. Shu bo‘yi u bolalarni ko‘rmadim. Yurib-yurib avgust oyida hokimiyatdagi bolalar bilan uchrashib qolib, uka rasmga olgandingiz, lekin hech natijasi ko‘rinmayapti-yu, dedim. Opajon bo‘lib qolar, deyishdi. Yaxshilikka bo‘lsin-da ishqilib, desam, yaxshilikka dedi. Oddiy ishchi bo‘lganim uchun davlat mukofoti haqida o‘shanda ham o‘ylab ko‘rmabman. Oradan bir necha kun o‘tib, 27-avgust kuni odatdagidek ishga keldim. Brigadirimiz Rustamjon menga hokimiyat oldini tozalab, supurib qo‘yishimni, shu yerda ish qilib turishimni aytdi.

    Anchadan keyin hokimiyat oldini tozalayotganimda Rustamjon yana keldi-da ‘Opajon, tabriklayman medal olibsiz’, dedi. ‘Uka ustimdan kulmang. Qanaqa medal olaman, bir ish qilganim yo‘q-ku’, desam ‘Hozir boshlig‘imiz telefon qildi, Siz ’Shuhrat’ medali olibsiz, mening nomimdan opani tabriklab qo‘ying’ degani uchun aytdim dedi. Shundan keyin u tabriklab ketdi. Hazillashyapti deb gaplariga ishonmasdan ishimni qilaverdim. Birozdan keyin oldimga mashina kelib, hokimiyatga borasiz ekan. deb olib ketishdi. Hokimiyatga kirganimizda yig‘ilish bo‘layotgan ekan. Tuman hokimi Sanobarxon Nosirova ham ‘Shuhrat’ medali olganimni aytib tabrikladi, sovg‘alarini topshirdi. Hokim mana mehnatlaringizni natijasi deganida rosti juda g‘alati bo‘lib ketdim, ko‘zimda quvonch yoshlari qalqdi. Oddiy ko‘cha supuruvchiga shunday medalning berilishi ajoyib bo‘lar ekan.

    O‘sha kuni o‘sha paytdan dam olish uchun ishdan ruxsat berishdi. Ishxonadagilarning mashinasida sovg‘alar va gullarni ko‘tarib uyga bordim. Bolalarim hayron bo‘lishdi. Shunda ostonadan kiriboq ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Ularga qarab ‘Bir vaqtlar qarshilik qilgandingiz, Mana hukumatimiz, rahbarlarimiz oddiy ishchiga ham eʼtibor berib, mehnatlarimni qadrlabdi, medal olibman’, desam ko‘proq qarshilik qilgan katta o‘g‘lim ‘Onajon, bilmagan ekanmiz, yana bir bor uzr’, deb tabrikladi. Hamma xursand bo‘ldi”, — deydi Malohatxon Jakbarova.

    “Endi dam oling deyishganida yig‘lab yubordim”

    Yaqinda, 28-fevral kuni boshlig‘imiz: Pensionerlar, sizlarni ko‘rib rahmim kelib ketyapti. Supurgi ko‘tarib, axlat olayotganinglarda g‘alati bo‘lyapman. Shu kungacha mehnat qildilaringiz, endi bolalaringiz, nevaralaringiz rohatini ko‘ringizlar. Ertadan ishga chiqmay qo‘yavering, 8-mart kuni bayramda ko‘rishamiz, dedi. Ishonasizmi, yigirma yildan beri ishlaganim uchun o‘rganib qolibman. Birdaniga chiqib ketayotganim uchun hammaning oldida yig‘lab yubordim. Qizlar yig‘lamang, bayramda yana ko‘risharkanmiz-ku, deb taskin berishdi. Mana bir haftadan beri oila davrasida dam olyapman. Uzoq yil ishlaganim sababmi ishimni qo‘msayapman. Bayramni o‘tkazaylik-chi, undan keyin balki ruxsat berishsa, yana ishga qaytarman, — deydi suhbatdosh opa.

    08.03.2023, 22:15   Izoh (0)   8996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo formatidagi forum bo‘lib o‘tadi

    08.03.2023, 21:50

    O‘zbekiston TIV xorijda qiyin ahvolda qolgan 462 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi

    08.03.2023, 20:53

    Toshkentda rossiyalik jurnalist o‘lik holda topildi

    08.03.2023, 20:04

    Misrda poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    08.03.2023, 19:05

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari asosan qanday kasalliklarga chalingani aniqlandi

    08.03.2023, 17:30

    Toshkentda yana 20 ta katta sig‘imli MAN avtobuslari yo‘lovchilarni tashishni boshlaydi

    08.03.2023, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.