O‘zbekistonda 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan.
Tibbiyot xodimlarining xulosalariga ko‘ra, hokimlik xodimlari o‘rtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlangan.
Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan, jarayon davom etmoqda.
Izoh (0)