Misrning Kalyuba shahrida temiryo‘l vokzali yaqinida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, deb xabar berdi “Edaily.com” nashri.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 7-mart kungi halokatda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi tan jarohati olgan.
“7-mart kuni kechqurun sodir bo‘lgan poyezd halokati qurbonlari soni ikki nafarga yetdi, jabrlanganlarning ahvoli barqaror”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd mamlakat shimolidagi Minufa shahridan Qohiraga qarab yo‘l olgan. Hodisa poyezd Kalyuba shahridagi temiryo‘l vokzalidan o‘tayotganda sodir bo‘lgan.
Izoh (0)