• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    "Endilikda konstitutsiyada fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlar xalqchil tartibga solinmoqda" — Jamoat xavfsizligi universiteti professori

    Har bir davlat o‘z fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan, alohida huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Yaʼni davlat ham, fuqaro ham o‘ziga xos huquqlarga va majburiyatlarga ega.

    Masalan, davlat fuqarolar uchun xavfsizlik, farovonlik, tinchlik va yaxshi hayot kechirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish kabi majburiyatlarga ega bo‘lsa, fuqarolar qonunlarga bo‘ysunish, burch va majburiyatlarni bajarish kabi masʼuliyatni o‘z zimmasiga oladi.

    Yangi tahrirdagi konstitutsiyada ushbu prinsiplar alohida belgilanyapti. Bunda asosiy urg‘u insonning huquq va erkinliklariga qaratilmoqda. Shu xususida Jamoat xavfsizligi universiteti professori Sherzod Zulfiqorov “Daryo” nashriga bergan intervyusida tushuntirish berdi.

    Sherzod Zulfiqorov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    “Insonning huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi deganda nimani tushunamiz!”

    Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning tub mohiyatini qaraydigan bo‘lsak, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash, kafolatlash bilan bog‘liq qoidalar desak xato qilmagan bo‘lamiz. Shu nuqtayi nazardan ham fuqaro va davlat o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilash, insonning huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi, huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipi, qonunchilikdagi noaniqlar inson foydasiga hal etilishi kabi muhim qoidalar tizimlashtirilgan holda aks ettirilmoqda.

    Bu nihoyatda muhim qoidalar hisoblanadi, yaʼni inson huquq va erkinliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdorlar shaxslar tomonidan o‘z faoliyatida inson huquq va erkinliklarga rioya qilish va uni himoya qilish oliy maqsadga ko‘chayotganni so‘zimizning ayni isbotidir. Misol tariqasida, Germaniya konstitutsiyasining 1-moddasida, har bir davlat o‘z fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan alohida huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Yaʼni davlat ham, fuqaro ham o‘ziga xos huquqlarga va majburiyatlarga ega.

    Masalan, davlat o‘z fuqarolar uchun kunlik hayot tarzini tinch, xavfsiz, farovon kechirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berish kabi majburiyatlarga ega bo‘lsa, fuqarolar esa birinchi navbatda qonunlarga bo‘ysunish, talablariga rioya qilish, o‘zining hayoti davrida duch keladigan majburiyatlarini bajarish kabi masʼuliyatli vazifani o‘z zimmasiga olishi lozim bo‘ladi.

    Foto: "Daryo"

    Buni aniq misolda ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, fuqaro T. shaxsiy avtomobilga egalik qilishga haqli. Bu uning mulk huquqi hisoblanib, u qonun bilan qo‘riqlanadi. Fuqaro ushbu huquqni amalga oshirishda boshqa shaxslarning qo‘riqlanadigan huquqlarini buzmasligi zarur. Yaʼni fuqaro avtomobildan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga rioya etishi, avtomobilni atrof-muhitga xavfsiz holda foydalanish majburiyatiga rioya etishi zarur.

    Amaldagi konstitutsiyamizda ham, yangilanayotgan konstitutsiyamizda ham asosiy maydon inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Bir narsaga alohida eʼtibor qaratishimiz lozimki, insonlarning huquq va erkinliklarini konstitutsiyada juda ajoyib tarzda ifodalashimiz mumkin, ammo mazkur qoidalar bevosita amal qilmasa, aholining manfaatlariga xizmat qilmasa, bunda biz islohotlarimizdan natija kutishimiz qiyin bo‘ladi.

    Yangilanayotgan qonunimizda “Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi”, degan inson huquqlarini bevosita amalga oshirilishiga oid muhim norma mustahkamlanayotganligiga alohida eʼtiborimizni qaratishimiz lozim. Mazkur konstitutsiyaviy norma islohotlarning bosh maqsadi “inson qadri uchun” g‘oyasini kundalik amaliyotimizda bosh qadriyatga aylantirishga, yaʼni insonning qadr-qimmati, shaʼni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishini taʼminlashga xizmat qiladi.

    Foto: "Daryo"

    Konstitutsiyada mavjud bo‘lgan normalar jamiyatdagi muhim muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solsagina, inson manfaatlariga xizmat qilsagina, uning yuridik kuchi, taʼsiri seziladi va eʼtirof etiladi. Konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim maqsadlaridan biri ham xalqning konstitutsiyaga bo‘lgan ishonchini kuchaytirish hamda konstitutsiyaviy yo‘l bilan ularning hayotiy masala-yu muammolarini hal etishdir.

    Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarning bevosita amal qilishini uchta xususiyatga qarab baholashimiz mumkin. Birinchidan, shaxsning konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanishi; ikkinchidan, barcha subyektlarning konstitutsiyada belgilangan talab va majburiyatlarga rioya qilishi; uchinchidan, vakolatli davlat organlarining konstitutsiyaviy normalarini qo‘llashi va ijrosini taʼminlashi lozim.

    Bu esa fuqarolarimiz uchun o‘z inson huquqlarini bevosita himoya qilish imkoniyatini beradi; sudlar inson huquqlarini himoyasiga oid muayyan ishlarni ko‘rayotganda Konstitutsiyadagi inson huquqlariga oid normalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatini yaratadi; barcha darajadagi davlat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘z faoliyatida inson huquqlariga bevosita amal qilishi qoidasiga rioya qilish shartligini yana bir bor eslatib turadi.

    Misol tariqasida, Germaniya konstitutsiyasining 1-moddasida aytiladiki, Quyida, yaʼni keyingi moddalarda sanab o‘tiladigan asosiy huquqlar qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati uchun bevosita amal qiladigan huquq sifatida majburiydir, deb belgilab qo‘yilgan. Yaʼni, fuqarolarning asosiy shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlarini nazarda tutadi.

    Insonga nisbatan davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari yetarli bo‘lishi

    Yangilanayotgan konstitutsiyamizning 19-moddasida insonga nisbatan davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli va mutanosib bo‘lishi kerak, degan qatʼiy norma belgilanmoqda.

    Foto: "Daryo"

    Shuni alohida taʼkidlash lozimki, qonunchilikda insonga bajarish juda mushkul va qiyin bo‘lgan majburiyatlarni yuklovchi qoidalar ham uchrab turadi. Bu tabiiy, negaki jamiyat shiddat bilan o‘zgarmoqda, yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanmoqda.

    Xabaringiz bor, davlat rahbari 2022-yil 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolar bilan uchrashuvda, insonga nisbatan davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak, degan masalaga bitta misol keltirib o‘tgan edilar: fuqaroning ipoteka kreditidan 3 million so‘mlik uch oylik qarzi bor. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bank qarzdorni sudga beradi. Lekin, bu masalada daʼvo arizasi 3 million so‘m, yaʼni real qarz bo‘yicha emas, balki kreditning to‘lanmagan qismiga, deylik, 250 million so‘mga nisbatan beriladi. Sud arizani ko‘rib chiqib, qarzdordan 10 million so‘mdan ortiq davlat boji undirish va shartnomani bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. 3 million so‘mni to‘lay olmagan fuqaro 10 million davlat bojini qanday to‘laydi? Ko‘rish mumkinki, sud qo‘llagan huquqiy taʼsir chora maqsadga erishishga nisbatan mutanosib emas. Mazkur normaga o‘xshash qoidalar qator rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalarida ham o‘z aksini topgan.

    Bu yangi qoida fuqarolarning davlat idoralari bilan bo‘layotgan munosabatlarida yuzaga keladigan qator muammolarni hal etib, o‘z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.

    Inson va davlat munosabatlaridagi noaniqliklarda insonga yon berish nimani anglatadi?

    Huquqiy davlatda barcha munosabatlar aniq qoidalar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak. Ammo hayotda shunday vaziyatlar yoki holatlar vujudga kelishi mumkinki, davlat va inson o‘rtasidagi ayrim munosabatlarning yechimi qonunchilikda ko‘rsatilmagan yoki noaniqliklarga sabab bo‘lishi aniq. Mana shunday holatlarda muammo kimning foydasiga va qanday tartibda hal etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Inson foydasiga talqin qilish deganda, davlatning o‘zaro tushunmovchiliklar va qarama qarshiliklar vujudga kelganda inson foydasiga “daʼvodan” voz kechish tushuniladi.

    Ushbu tamoyil odatda jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish doirasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Endilikda ushbu tamoyilning Konstitutsiyada mustahkamlanishi uning qo‘llanilish doirasini kengaytiradi va inson ishtirok etishi mumkin bo‘lgan har qanday ijtimoiy-huquqiy munosabatlarga talqin etish imkonini beradi.

    Yangilanayotgan konstitutsiyamizning 19-moddasida “Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi”, degan xalqchil qoidani mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

    Misol tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 13 - moddasiga ko‘ra, Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin etilishi; Maʼmuriy sud ishlarni yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 15- moddasida, maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikdagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etilishi belgilab qo‘yilgan.

    Foto: "Daryo"

    Yana bir jihat, davlat va inson o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar turli tushunmovchiliklarga, inson va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligiga olib keladi. Masalan, Soliq kodeksining o‘zida muayyan bir masala yuzasidan turlicha norma belgilangan bo‘lishi yoki tadbirkorlikka oid bitta qonunda boshqa norma, ikkinchi qonunda boshqacha norma belgilangan bo‘lishi mumkin. Bunday nomuvofiqlikni, tabiiyki, soliq organi davlat foydasiga, fuqaro esa o‘z foydasiga talqin qilinishini xohlaydi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan norma esa shunday nomuvofiqliklar davlat emas, inson foydasiga hal etiladi, degan qatʼiy normani aniq-ravshan mustahkamlamoqda.

    Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatga kirishishida qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishining Konstitutsiya darajasida belgilanishi eng avvalo inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining amalga tatbiq etilishiga, qonun hujjatlarida noaniqlik va qarama-qarshilik paydo bo‘lganda davlat manfaatlari emas, inson manfaatlari ustunligini taʼminlanishiga olib keladi.

    Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur kiritilayotgan yangi qoidalar inson huquq va erkinliklarining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini, har qanday vaziyatda inson manfaatlari birinchi darajaga olib chiqilishiga konstitutsiya kafolat bermoqda. Endilikda bu qoidalar fuqarolarimizning ham konstitutsiyaga bevosita murojaat qilish huquqining kengayishiga bevosita xizmat qiladi.

    Sherzod Zulfiqorov, Jamoat xavfsizligi universiteti professori

    06.03.2023, 21:00   Izoh (0)   4372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida korxona rahbari va bank sobiq boshqaruvchisi 9 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aniqlandi

    06.03.2023, 20:56

    Shavkat Mirziyoyev Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    06.03.2023, 20:40

    Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

    06.03.2023, 20:34

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi

    06.03.2023, 20:10

    Konstitutsiyadan fikr yuritishni cheklash mumkinligi bilan bog‘liq norma chiqarib tashlanmoqda

    06.03.2023, 19:57

    Navoiyda poyezd bosib ketgan 38 yoshli erkak halok bo‘ldi 

    06.03.2023, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

    Sport | 7 iyun, 18:04

    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

    Reklama | 7 iyun, 18:00

    Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:51

    Kelgusi hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:35

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    Dunyo | 7 iyun, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.