• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida tabrik matni to‘liq holda keltiriladi.

    “Hurmatli konferensiya qatnashchilari! Qadrli mehmonlar! Avvalo, sizlarni jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va ijtimoiy faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning ochilishi bilan tabriklayman. Ushbu nufuzli anjumanni tashkil etish va o‘tkazishda bizni qo‘llab-quvvatlagan Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Xalqaro turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi xalqaro fondi, Turkiy davlatlar parlamentlari assambleyasi rahbarlari va vakillariga, barcha xorijiy olimlarga chin qalbimdan tashakkur bildiraman. Aziz do‘stlar! XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bir qator sharq va musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasida teran tarixiy ildizlarga egadir. Yurtimiz ulkan ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega ushbu jarayonlardan chetda qolmagani, aksincha, bu harakatning markazlaridan biriga aylanganini ta’kidlash lozim. O‘z zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yubordilar. Ularning bu olijanob tashabbus va harakatlari jamiyat hayotida kuchli aks sado berib, qudratli to‘lqinga aylandi. O‘ylaymanki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo‘lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va amaliy harakatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi. Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy kuch-quvvat olamiz. Yurtimizda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. Jadidchilik harakati tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilmlar ko‘plab yaratilmoqda. Ulug‘ ma’rifatparvarlarimiz nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, ta’lim muassasalari, muzeylar, bog‘ va xiyobonlar barpo etilmoqda. O‘tgan uch yil mobaynida O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan qatag‘on qurboni bo‘lgan to‘rt yuzdan ziyod vatandoshlarimizning nomlari oqlandi. Ularning aksariyat qismini jadidchilik harakati vakillari tashkil etishi ayniqsa e’tiborlidir. Hurmatli do‘stlar! Biz ma’rifatparvar bobolarimizning muqaddas orzularini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatimizda yangi Renessans poydevorini yaratishni strategik vazifa qilib belgilaganmiz. Shu maqsadda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat sohalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu borada avvalo ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Keyingi olti yilda respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni qariyb 6 barobar ko‘payib, 4988 tadan 29420 taga, oliy o‘quv yurtlari soni esa 77 tadan 213 taga yetkazildi. Yurtimizda yangi turdagi Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Farzandlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar ajdodlarimizning aql-zakovati, iroda va matonati barchamiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Biz xalqaro ilmiy markazlar, dunyo olimlari bilan hamkorlikda jadidlar faoliyatini yanada chuqur o‘rganishni dolzarb vazifa deb hisoblaymiz. Bu noyob meros orqali bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topa olamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi. Anjumanning barcha qatnashchilariga sihat-salomatlik, yangi ijodiy yutuqlar, konferensiya ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman”. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti.

    Avvalroq TURKSOY tashabbusi bilan Turkiy davlatlar Yozuvchilar uyushmasi tuzilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ittifoq raisligiga Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Yesdaulet nomzodi ma’qullangan.

    06.03.2023, 20:40   Izoh (0)   5659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

    06.03.2023, 20:34

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi

    06.03.2023, 20:10

    Konstitutsiyadan fikr yuritishni cheklash mumkinligi bilan bog‘liq norma chiqarib tashlanmoqda

    06.03.2023, 19:57

    Navoiyda poyezd bosib ketgan 38 yoshli erkak halok bo‘ldi 

    06.03.2023, 19:45

    BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi 

    06.03.2023, 19:12

    O‘zbekiston va Vena kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasida hamkorlik qilishi kutilmoqda 

    06.03.2023, 18:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.