• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayoti saqlab qolinayotgan chaqaloqlar, reabilitatsiya qilinayotgan onalar: Toshkent viloyatidagi perinatal markazdan reportaj (video)

    O‘zbekistonda har yili chaqaloqlarning 5 foizi muddatidan ilgari, nuqson bilan tug‘iladi. Mana shunday kasallik bilan tug‘ilgan bolalarni parvarishlash, reabilitatsiya qilishga mo‘ljallangan tumanlararo perinatal markazlar soni 2023-yilning may oyigacha 46 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. “Daryo” muxbiri Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan perinatal markazga borib, muddatidan ilgari tug‘ilgan bemor bolalarga yaratilgan sharoitlar xususida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Rahmatullayeva bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Uning aytishicha, markaz 210 o‘rin, 4 ta bo‘limdan iborat:

    • tug‘uruq;
    • homiladorlar patologiyasi;
    • ginekologiya;
    • chaqaloqlar patologiyasi.

    Viloyat perinatal markazi har yili 760 mingdan ortiq tug‘ish yoshidagi ayollarga xizmat qiladi. Yiliga 5,5—6 mingga yaqin tug‘uruqlar qayd etiladi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limi

    Chaqaloqlar reanimatsiyasida bugungi kunda 15 nafar og‘ir ahvoldagi chaqaloq davolanmoqda va ularga tegishli tartibda neonatologlarimiz tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, juda kam vaznli chaqaloqlarni saqlab qolish uchun issiq saqlaydigan inkubator, isitkich stollari, nafas olishga yordam beradigan apparatlar mavjud. Shuningdek monitorlarda chaqaloqlarni qancha nafas olayotgani, yurak urishi hajmi ko‘rsatib turiladi. Lineomat apparati orqali dori-darmonlar vaqti-vaqti bilan berib boriladi. 

    “Agar mana shu apparatlarimiz mavjud bo‘lmaganida, biz chaqaloqlarimizning birortasini ham saqlab qololmagan bo‘lardik”, — deydi Feruza Rahmatullayeva.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Uning ta’kidlashicha, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pka rivojlanishida muammolar bo‘ladi. Mana shu holatlarni bartaraf etish uchun sulfoktor preparati mavjud. Bu dorining bozor narxi 3,5—5 million so‘m atrofida baholanadi, ammo SSV shifoxonalarga bepul tartibda tarqatib beradi.

    Onalar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha nima ishlar qilindi?

    Har bir ko‘p tarmoqli poliklinikada ayollar maslahat xonalari tashkil etilgan. U yerda xotin-qizlarga kompleks yordam ko‘rsatiladi. Ayollar homilasi 12 haftagacha bo‘lgan muddatda nazoratga olinadi. Homiladorlik davrida har oyda kamida uch marotaba ultratovush tekshiruvi o‘tkazilib, nuqsonli homila aniqlanganda tug‘uruqni to‘xtatish choralari ko‘riladi.

    Maslahatxona qoshida perinatal diagnostika xonasi, onko-nazorat xonasi, akusher-genikologlar xizmati bo‘lishi ko‘zda tutilgan. U yerda homilador ayollarni o‘z vaqtida nazoratga olish, ularga multivitaminli, boyitilgan preparatlarni berish, xavf belgilari bor ayollarga tug‘uruqqacha tibbiy-malakali yordamni tashkil etish ishlari olib boriladi.

    Dori vositalari ta’minoti

    Prezident qarori bilan ambulator poliklinka tizimi uchun 124 turdagi jihozlar, jumladan, 70 turdagi dori-darmonlar berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tug‘uruq komplekslari uchun 30 turdan ortiq dori vositalari ajratilishi kerak. 

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Hozir bizda 18 turdagi dori vositalari mavjud. Ammo qaysidir dorida uzilish bo‘lsa, SSV tomonidan yetkazib berilmoqda. Shifoxonada bor barcha dori-darmonlar ro‘yxati qabul bo‘limiga osib qo‘yilgan”, — deydi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i.

    Barcha jihozlarga ega transportlar

    Bundan tashqari, muddatdan ilgari tug‘ilgan yoki og‘ir ahvoldagi chaqaloqlarni perinatal markazga o‘tkazishga mo‘ljallangan transport mavjud. U tegishli tartibda jihozlangan: chaqaloqni tashish uchun moslama (kuvyez), yordam ko‘rsatish uchun asbob-anjomlar bilan ta’minlangan. Neonatolog chaqiruvga asosan hududga boradi, zarur holatlarda chaqaloqqa birinchi yordam ko‘rsatadi. Agar markazga olib kelish ehtiyoji tug‘ilsa, shu transport vositasidan foydalanadi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Bu imkoniyatlar avvallari yo‘q edi. Biz chaqaloqlarni oddiy Damas mashinalarida ham olib kelardik. Unda na kislorod bor, na kuvyez bor. Shuning uchun chaqaloqlar yo‘lning o‘zida o‘lib qolardi. Mana shu moslamalar bilan ta’minlanganimiz viloyatimizdagi chaqaloqlarning o‘lim holatlarini kamaytirdi. Tug‘uruq komplekslarda muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarning deyarli yarmidan ko‘pi nobud bo‘lardi. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida hozir biz chaqaloqlarning 80—90 foizini saqlab qolishga erishyapmiz. Ayni paytgacha 1400 nafardan ortiq chala tug‘ilgan bolalarni hayotga qaytarishga muvaffaq bo‘ldik”, — deya ta’kidladi Feruza Rahmatullayeva.

    O‘tgan 2022-yilda o‘tkazilgan ultratovush tekshiruvlari davomida 36 ta holatda homilaning nuqsonlari aniqlangan. Ularning deyarli barchasi o‘z vaqtida to‘xtatilgan. Viloyat miqyosida 127 holatda tug‘ma nuqson aniqlangan va 121 holatda homila to‘xtatilgan. Bu orqali tug‘ma nuqson bilan tug‘iladigan go‘daklar o‘rtasidagi o‘lim holatlari deyarli 60 taga kamaygan.

    02.03.2023, 20:00   Izoh (0)   7141
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MDH davlatlarida avtomobillar uchun ruxsat etilgan maksimal tezlik qancha?

    02.03.2023, 19:36

    “OKMK” stadionini yoritish uchun 420 ming yevrolik projektorlar, bir manzilda, bir mahallada joylashgan raqobatchilar: 2-mart tenderlari tafsiloti

    02.03.2023, 19:17

    “Soliq munosabatlari sohasida kamsitmaslik prinsipi ham o‘z chegaralariga ega” — ekspert konstitutsion o‘zgarishlar haqida

    02.03.2023, 19:12

    Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi

    02.03.2023, 19:11

    Toshkentda “Elektron retsept” tizimi orqali dorilarni bepul berish yo‘lga qo‘yiladi

    02.03.2023, 18:52

    Toshkentda tanishiga nashida yuborgani uchun qamalgan talaba yigit ozod qilindi 

    02.03.2023, 18:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.