• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Makkadagi Nur tog‘iga sayohat. “Daryo” muxbiri islomdagi ilk vahiy nozil bo‘lgan Hiro g‘oridan reportaj tayyorladi (video)

    Makka shahridagi Nur tog‘ida islom tarixidagi muqaddas manzillardan biri — Hiro g‘ori joylashgan. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Saudiya Arabistoniga safari davomida ushbu toqqa ko‘tarilib, ilk vahiy nozil bo‘lgan g‘orga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Nur tog‘i Makka markazidan 3,5 kilometr chamasi uzoqda joylashgan, balandligi 642 metrni tashkil etadi. U yerga borish uchun mehmonxonadan chiqib, taksi yolladik va buning uchun haydovchiga 20 riyol (taxminan 5 dollar) to‘ladik.

    Tog‘ etagi kirakash mashinalar va ziyoratchilar bilan to‘lib-toshgan. Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ziyoratchilarni yagona istak — payg‘ambar Muhammad alayhissalomga ilk vahiy nozil bo‘lgan Hiro g‘origa ko‘tarilish istagi birlashtirib turardi.

    Tarix kitoblarida keltirilishicha, u zot payg‘ambar bo‘lib yuborilishidan oldin ushbu g‘orda yolg‘iz qolib, ibodatga berilishni o‘ziga odat qiladi. Shu yerda u kishiga Jabroil alayhissalom tomonidan “Alaq” surasining birinchi besh oyati olib kelinadi. Shu tariqa insoniyat tarixidagi baxtli soatlar sanog‘i boshlanadi va asta-sekin oyatlar tusha boshlaydi. Bu jarayon jami 23 yil davom etadi.

    Ziyoratchilar orasida o‘zbekistonliklar ham ko‘p ekan. Ular safida Solixon domlani ham ko‘rib qoldik. U kishi Hiro g‘origa kirish ancha mushkul ekanligini aytib, o‘sha atrofda salavot va duolar o‘qib qaytaverishni maslahat berdi.

    Tog‘ cho‘qqisiga chiqish uchun zinapoyalar qilingan, ayrim joylarga temir suyanchiqlar ham o‘rnatilgan. Biroq shunda ham ko‘tarilish kamida ikki soat vaqtni oladi va yaxshigina jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Shu asnoda barcha ziyoratchilarning ko‘nglidan bir o‘y o‘tsa ajab emas: biz shunday qulayliklar ko‘magida yuqoriga ko‘tarilyapmiz, bundan asar ham bo‘lmagan paytlarda bu yerga takror-takror chiqish va ibodat qilish payg‘ambarimizdan qanchalik g‘ayrat va kuch-quvvat talab etilgan ekan?

    Hiro g‘ori tog‘ning shimoli-sharqiy tarafida bo‘lib, ko‘rinishidan tuya o‘rkachiga o‘xshaydi. U yerga ikki tosh o‘rtasidagi tor yo‘lakdan o‘tib, yetib olinadi. Kaʼba tomonga qaragan g‘or nari borsa, ikki kishini sig‘dira oladi.

    Biz bu yerga yetib kelganimizda shu atigi ikki kishi sig‘adigan g‘or og‘zida kamida 30-40 nafar ziyoratchi to‘plangandi. Bunday sharoitda oyoq tagida qolib ketish yoki nafas yetmay qolishi hech gap emas. Ustiga-ustak, tog‘ cho‘qqisida turibsiz. O‘zi kuch va madad berdi, g‘orga kirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu yerda salavot va duolar aytib, so‘ng boshqa kirish istagida bo‘lganlarga joy bo‘shatdik.

    Shundan so‘ng asta-sekin pastga tushishni boshladik. Ilohiy va tarixiy joylar, pastda Makka shahri kaftdek yastanib yotibdi. Biroq atrofda uyulib yotgan turli chiqindilar, oziq-ovqat qoldiqlari kishining taʼbini xira qiladi. Shu haqda o‘ylab turganimizda, pastda bir guruh yigitlar chiqindilarni yig‘ishtirib olish uchun qoplar tarqatayotganini ko‘rib qoldik.

    Qoplarga “Poklik iymondandir” deb yozilgandi. Yigitlarni suhbatga tortdik, ular Qozog‘istondan, aniqrog‘i, Olmaotadan ekan.

    “Bu ishni 2015-yilda boshlaganmiz. Chunki payg‘ambarimiz qadamlari yetgan joylardagi holatni ko‘rib, ko‘nglimiz ranjidi. Qarindoshimizning qop chiqaradigan zavodi bor, ishchilarini olib kelib, Umra qildirib, shu ishlarga bosh-qosh bo‘lgandi. O‘shanda 200 ta qop olib kelingan va tog‘dagi chiqindilar yig‘ishtirib olingan. Bu yil jami 800 ta qop keltirildi. O‘zimiz yig‘ishtiramiz, toqqa ko‘tarilayotgan ziyoratchilardan iltimos qilamiz. Maqsad — bu yerlarni pokiza holatda tutish. Buning ajri va savobi bor, harakatlarimiz zora odat va anʼanaga aylanib ketsa”, — deydi o‘zini Odiljon Hofiz o‘g‘li deb tanishtirgan yigit.

    Makkadagi Nur tog‘iga safarimiz shu tariqa yakuniga yetdi.Mehmonxonaga bir olam taassurotlar bilan qaytdik. Islom tarixidagi ilk vahiy nozil bo‘lgan Hiro g‘origa kirish nasib etganining shavqi hali-hanuz bizni tark etgani yo‘q...

    26.02.2023, 22:29   Izoh (0)   16491
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Azizbek Abduvaliyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshida shartli ozod qilingan ayol yana jinoyat sodir etib, uch yilga qamaldi

    26.02.2023, 21:20

    Qoraqalpog‘istonda aholi uyini suv bosgani yuzasidan mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    26.02.2023, 20:35

    Turkiya prezidenti O‘zbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi

    26.02.2023, 18:43

    Yangi konstitutsiyada soliqlar adolatli bo‘lishi shartligi belgilanmoqda. Bu nima degani?

    26.02.2023, 17:56

    O‘zbekiston va Pokiston transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini tezlashtirishga kelishdi

    26.02.2023, 16:37

    Farg‘onada bukmekerlik bilan shug‘ullangan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    26.02.2023, 15:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xotinini sektaga kirishga majburlagan, xodimlarini maoshsiz qoldirgan, akasi bilan aloqalrini uzgan: turk aktyori Kadir Dog‘ulu haqida nimalar ma’lum?

    Kino | 14 avgust, 09:10

    Hamzat Chimayev UFC tarixida mag‘lub bo‘lmagan eng kuchli 5 nafar jangchini sanab o‘tdi

    Sport | 14 avgust, 09:09

    Italiyada qayiqlar cho‘kib, 26 nafar muhojir halok bo‘ldi

    Dunyo | 14 avgust, 08:52

    O‘zbekistonda mandat e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 08:25

    Afg‘onistonda uch nafar sehrgar hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 08:12

    “PSJ” “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratib, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi (video)

    Sport | 14 avgust, 07:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.